$
11839.59 UZS
6.22
140.42 UZS
0.63
13569.35 UZS
-8.26
31° Kechasi 18°

Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

10:35 / 17.02.2026

Isroil hukumati 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi. Ushbu buyruq G‘arbiy sohilda yerlarni rasmiy ro‘yxatga olishni (yerga egalik huquqini belgilashni) to‘xtatib qo‘ygan edi.

Xalqaro kuzatuvchilarning fikricha, bu qaror hududni rasman Isroil tarkibiga qo‘shishning huquqiy asosi hisoblanadi. Qaror Isroil to‘liq harbiy va fuqarolik nazoratini ushlab turgan G‘arbiy sohilning 60 foiz qismi, ya’ni C hududini qamrab oladi.

Endilikda Isroil hukumati bu hududlarda kimga tegishli ekani aniq bo‘lmagan yerlarni o‘zining “davlat mulki” sifatida rasmiylashtirishni boshlaydi. Yerlar davlat mulki deb e’lon qilingach, u yerda yahudiy aholi punktlari, yo‘llar va harbiy infratuzilmalarni qurish huquqiy jihatdan osonlashadi.

Ammo ko‘plab oilalarda bunday rasmiy hujjatlar yo‘q yoki ular faqat an’anaviy kelishuvlarga tayanadi. Agar egalik isbotlanmasa, yer avtomatik ravishda Isroil davlati mulkiga o‘tishi mumkin.

Isroil hukumati bu jarayonlarni amalga oshirish uchun qariyb 80 million dollar ajratgan. Reja 2026-yildan 2030-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Taklif hukmron koalitsiyadagi ayrim o‘ta o‘ng qanot siyosatchilar, jumladan adliya vaziri Yariv Levin va moliya vaziri Betsalel Smotrich tomonidan ilgari surilgan.

Falastin ma’muriyati prezidenti Mahmud Abbos idorasi bayonotida bu qarorni “jiddiy keskinlashuv va xalqaro huquqning ochiq buzilishi”, amalda esa “de-fakto anneksiya” deb atadi.

“Xalqaro hamjamiyat, ayniqsa BMT Xavfsizlik Kengashi va AQShni zudlik bilan vaziyatga aralashishga chaqiramiz”, – deyiladi Falastin ma’muriyati bayonotida.

Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida xalqaro hamjamiyatni “huquqiy va axloqiy majburiyatlarini bajarishga va bosib oluvchi kuch sifatida Isroilni to‘xtatishga majbur qilishga” chaqirdi. Shu bilan birga, Qatar, Turkiya va Yevropa ittifoqining boshqa davlatlari ham Isroilning bu qadamlarini qoraladi.

BMTning eng yuqori sudi 2024-yilda majburiy bo‘lmagan xulosasida Falastin hududlarini bosib olish va u yerda aholi punktlari barpo etilishi noqonuniy ekanini aytgandi.

 

 


Falastin-Isroil


														
														Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan 200 ga yaqin odamni qo‘lga oldi

Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan 200 ga yaqin odamni qo‘lga oldi

TRT xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azoga gumanitar yordam yetkazishni maqsad qilgan “Global Sumud” nomli flotiliyaga huju…
17:32 / 30.04.2026

														
														“Trampning “Tinchlik kengashi” G‘azodagi Isroil hujumlarini to‘xtatishi kerak”, – XAMAS

“Trampning “Tinchlik kengashi” G‘azodagi Isroil hujumlarini to‘xtatishi kerak”, – XAMAS

19-fevral kuni Tinchlik kengashi yetakchilarining uchrashuvida a’zo davlatlar 5 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishi k…
17:47 / 18.02.2026

														
														Isroil Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga kirishni qisman cheklamoqchi

Isroil Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga kirishni qisman cheklamoqchi

Bu holatni Falastin ma’muriyati “din erkinligini cheklashga urinish” deb baholamoqda.
17:37 / 17.02.2026

														
														Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

Bu qaror mamlakatga Falastin yerlarining “de-fakto anneksiyasi”ni tezlashtirish imkonini beradi.
10:35 / 17.02.2026

														
														Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Bu sulh tuzilganidan keyin qurbonlar soni bo‘yicha eng yirik zarba bo‘ldi.
12:35 / 01.02.2026

														
														G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi, ammo qirg‘inlar davom etmoqda

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi, ammo qirg‘inlar davom etmoqda

AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi.
18:15 / 15.01.2026

														
														Isroil XAMAS qurolsizlanmasa, G‘azoda harbiy amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda

Isroil XAMAS qurolsizlanmasa, G‘azoda harbiy amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda

Isroil Falastinning XAMAS guruhi 2025-yilgi sulhga muvofiq to‘liq qurolsizlanishdan bosh tortgani sababli G‘azo sektorida ya…
15:24 / 11.01.2026

														
														Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligining ma’lum qilishicha, payshanba kuni Falastin hududida Isroil hujumlari kamida 13 kishi…
14:56 / 09.01.2026

														
														Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025

Bu ham qiziq

Rossiyada 12 ta mashina bilan to‘qnashib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik haydovchi 9 yilga qamaldi

Rossiyada 12 ta mashina bilan to‘qnashib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik haydovchi 9 yilga qamaldi

Rossiyaning Ufa shahrida 12 ta avtomobil ishtirokidagi yirik YTHga sabab bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi 9 yil muddatga ozodlik…
14:31 / 18.09.2026
O‘zbekistonning barcha 6 ta jamoasi shaxmat Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi.

O‘zbekistonning barcha 6 ta jamoasi shaxmat Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi.

O‘zbekiston Samarqanddagi shaxmat olimpiadasida oltita jamoa bilan ishtirok etmoqda. 1-turda erkaklarning uchta jamoasi Yama…
08:25 / 17.09.2026
Zelenskiy: Rossiya samolyotim Moldova havo hududida bo‘lganida ikki marta dron uchirgan

Zelenskiy: Rossiya samolyotim Moldova havo hududida bo‘lganida ikki marta dron uchirgan

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya uning prezidentlik samolyoti Moldova havo hududida bo‘lgan vaqtda ikki marta d…
10:47 / 16.09.2026
Samolyotda janjal ko‘targan yo‘lovchi skotch bilan bog‘landi

Samolyotda janjal ko‘targan yo‘lovchi skotch bilan bog‘landi

AQSHda samolyot bortida tartibsizlik chiqargan 67 yoshli yo‘lovchi ekipaj va boshqa yo‘lovchilar tomonidan o‘rindig‘iga yopi…
10:06 / 18.09.2026
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti sabab 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Yangi Toshkent xalqaro aeroporti sabab 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Toshkent viloyatida qurilishi rejalashtirilgan Yangi Toshkent xalqaro aeroporti hududida joylashgan 7 ta qabriston ko‘chiril…
14:21 / 18.09.2026
Kitob o‘qiganlarga pul to‘lanadi

Kitob o‘qiganlarga pul to‘lanadi

Singapur hukumati aholini ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt o‘tkazishdan qaytarish va kitob o‘qishga rag‘batlantirish maqsadida…
09:31 / 18.09.2026
17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat ke…
17:17 / 16.09.2026
Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdi

“O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdim. “O‘zbekfilm” shunchaki kinostudiya emas…
09:11 / 18.09.2026
Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida faoliyat yurituvchi aviakassa rahbari garchi “Umra” ziyoratiga yuborish huquqiga ega…
17:22 / 17.09.2026
Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay shinalaridan biri yoril…
15:10 / 16.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!