Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda Fargʻona shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma xodimi – Margʻilon shahrida yashovchi, 1987 y.t. fuqaro va uning oʻgʻlini 20 ming AQSh dollari evaziga Saudiya Arabistoniga Haj ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, talab qilingan summadan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u ushbu pul mablagʻini turistik firma rahbarining koʻrsatmasi asosida olgani maʼlum boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!