16-noyabr kuni Falastin “Islomiy Jihod” harakati Isroilning Suriya poytaxti Damashqqa uyushtirgan havo hujumlari natijasida ikki nafar yuqori martabali rahbari halok bo‘lganini tasdiqladi.
Harakatning Siyosiy byurosi a’zosi Abdul Aziz Said Minavi va arab munosabatlari bo‘yicha vakili Rasmi Yusuf Abu Iso hamda harakatning boshqa a’zolari o‘ldirilgan.
“Islomiy jihod” bu zarbalarni “qo‘rqoqlik va tinch aholiga bo‘lgan tajovuz” deya qoralab, bu Isroilning mintaqa xalqlariga qarshi ishg‘ol siyosatining bir qismi ekanini aytgan.
Isroil ham Suriyadagi harbiy bazalarni nishonga olganini tasdiqladi.
Suriyaning SANA axborot agentligi 15 kishi, shu jumladan tinch aholi vakillari halok bo‘lgani va 16 kishi yaralanganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!