Kecha, 13-fevral kuni soat 8:05 da Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 qisqa raqamiga “Nexia” rusumli avtomobil haydovchisi ehtiyotsizlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, Oltiariq tumani “Poloson” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Baziquvur kanaliga tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, Farg‘ona viloyati FVB Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil suvdan chiqarib olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!