$
11861.96 UZS
23.04
₽
147.13 UZS
0.08
€
13278.28 UZS
29.34
31° Kechasi 18°

Farzandingizni toʻgʻri ovqatlantiring

14:54 / 02.05.2022

Har bir ota-ona farzandini eng yaxshi va foydali mahsulotlar bilan oziqlantirishga harakat qiladi. Bolaning sogʻlom oʻsishi rivojlanishi uchun u hayotining birinchi kunlaridanoq yaxshi ovqatlanishi kerak. Ammo bolalar ozuqalari toʻgʻrisidagi afsonalarning koʻpligi ota-onalarni oʻylantirib qoʻyadi.

Ota-onalarning bolalar ovqatlari haqida koʻp maʼlumotga ega boʻlishi bola hayotida katta ahamiyatga ega. Axir bolaning qanday oziqlanishini albatta ota-onalar hal qiladi. Ota-onalarning qarori farzandlarining sogʻlom rivojlanishiga xizmat qiladi. Shuning uchun, farzandingizga qoʻshimcha ovqat tanlashdan yoki uni rad etishdan oldin ushbu masalani yaxshilab oʻrganish talab etiladi.

Bolalar ovqatlari haqidagi eng keng tarqalgan afsonalar:

1. Birinchi qoʻshimcha ovqat sifatida chaqaloqqa sharbat berilishi kerak. Farzandingizga hatto 2-3 oyligidanoq sharbat berishingiz mumkin

Ilgari 3,5 oylik chaqaloqqa qoʻshimcha ovqat sifatida sharbat berish boʻyicha tavsiyalar haqiqatan ham mavjud edi. Biroq, pediatrlar sharbat chaqaloqning oshqozon-ichak traktini bezovta qilishi va allergik reaksiyaga olib kelishi mumkinligini aniqlashgan. Shu bilan birga, sharbat bolalarning vitamin va minerallarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga sezilarli hissa qoʻshmaydi. Shu munosabat bilan, pediatrlar yaqinda birinchi qoʻshimcha ovqat sifatida chaqaloq boʻtqasi yoki sabzavotli pyureni tavsiya qilishdi, chunki ular ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun koʻproq vitaminlar va minerallarni oʻz ichiga oladi.

2. Bolalar qoʻshimcha ovqatlari allergiyaga olib kelishi mumkin

Aslida bolada, hatto kattalarda ham allergiya har qanday mahsulotdan paydo boʻlishi mumkin. Garchi ishlab chiqaruvchilar, bolalar ovqatlarini yaratishda, bolada allergiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan mahsulotlarni qoʻshmasalar ham, ularning har biri oʻziga xos xususiyatlarga ega. Agar chaqaloqda allergiya paydo boʻlsa, bunga asosiy sabab uning ushbu mahsulotga nisbatan individual reaksiyasida hamda qoʻshimcha ovqatlarni notoʻgʻri isteʼmol qilishida boʻladi. Qoʻshimcha ovqatlarni bolaga berishdan oldin, pediatr bilan maslahatlashing va uni shifokor nazorati ostida farzandingiz ratsioniga kiriting.

3. Yosh bolalar faqat qaynatilgan suv ichishlari kerak

Olti oygacha boʻlgan chaqaloqlar uchun ideal oziq-ovqat ona sutidir.

JSST/YUNISEFning taʼkidlashicha, u olti oygacha boʻlgan bola uchun yetarli miqdorda suyuqlik va ozuqa moddalarini oʻz ichiga oladi. Biroq, bolaga suv berish vaqti kelganda qaynatilgan emas, balki oddiy ichimlik suvi berish lozim.

4. Bolakay oʻz ovqatini oxirigacha yeyishi kerak

Eng muhimi, bolani oʻzini tinglashga oʻrgatishdir. Agar bolaning qorni ochgan boʻlsa, u buni oʻzi his etishi, qorni toʻygan boʻlsa, onasiga buni ayta olishi lozim. Bolani ovqat yeyishga majburlamaslik, shantaj qilmaslik tavsiya etiladi. Chunki bolaning ovqat yeyishiga kayfiyati yoki oʻzini his qilish omillari taʼsir koʻrsatishi mumkin.

5. Bolalar ovqatida konservantlar mavjud

Bugungi kunda bolalar ovqatlarini tayyorlash uchun zamonaviy texnologiyalar qoʻllaniladi. Ammo bu konservantlardan foydalaniladi degani emas. Bolalar ovqatlari kimyoviy moddalarsiz ham juda yaxshi saqlanish xususiyatiga ega. Zamonaviy issiqlik bilan ishlov berish texnologiyalari va vakuumli qadoqlash mahsulotni konservantlardan foydalanmasdan ham uzoq muddat saqlash imkoniyatini beradi.

6. Konsentratsiyalangan sharbat “kukun”dan tayyorlangan

Aslida koʻpchilik konsentratdan tayyorlangan sharbat oddiygina suvga “kukun” qoʻshib tayyorlangan deb oʻylaydi. Bu mutlaqo notoʻgʻri. Konsentrlangan sharbat – ishlab chiqarish jarayonida suvi olib tashlangan juda quyuq, toʻyingan sharbat hisoblanadi.

7. Bolalar ovqati uyda tayyorlangan ovqatga qaraganda kamroq ozuqaviy moddalarni oʻz ichiga oladi

Yangi sabzavotlar va mevalar faqat oʻz mavsumidagina vitaminlarga boy boʻladi. Barcha standartlarga muvofiq holda saqlanganda ham, barcha vitaminlarni asrab qolishning imkoni boʻlmaydi. Yangi meva va sabzavotlardan pyure tayyorlash jarayonida ham vitaminlar va ozuqa moddalarning aksariyati yoʻqoladi. Ishlab chiqarilgan bolalar ovqatlari tabiiy ozuqa moddalariga toʻyingan boʻladi. Bundan tashqari, bolalar ovqatini tayyorlash uchun zararli moddalar tarkibiga kirmaydigan hamda tekshirilgan mahsulotlar qoʻllaniladi.

8. Kefir chaqaloq uchun birinchi qoʻshimcha ovqat sifatida berilishi kerak

Bugungi kunga kelib, haqiqatan ham 8 oyligidan boshlab kefirni bolaning ovqat ratsioniga kiritish boʻyicha rasmiy tavsiyalar mavjud. Ushbu tavsiya tarixiy asosga ega, chunki sovet davrida turli xil sabzavotlar, mevalar va yogurtlarning yetishmasligi tufayli bolalarning ovqatlanishi xilma-xil boʻlmagan, shuning uchun kefir uchinchi qoʻshimcha ovqat sifatida tavsiya etilgan (boʻtqa va goʻshtdan keyin). Biroq, kefirda vitaminlar mavjud emas, balki koʻp miqdorda protein va tuz mavjud boʻlib, bu bolaning buyragiga ogʻirlik qiladi. Hozirgi kunga kelib, mazali va foydali mahsulotlar koʻpligini hisobga olgan holda, farzandingizning taʼm sezgilarini oshirish uchun vitaminlarga boy yogurt yoki sut/don mahsulotlarini berishingiz mumkin. Qabziyatning oldini borasida sabzavotlar va oʻrik kefirga qaraganda ovqat hazm qilishni normallashtirishga ancha yaxshi taʼsir qiladi.

9. Bolalar uchun doimo bir xil taomlarni isteʼmol qilish zararli

Baʼzi hollarda bolalar bir necha hafta davomida bir xil shoʻrva yoki banan soʻrashlari mumkin. Bu holat koʻpchilik ota-onalarning bezovtalanishiga sabab boʻladi. Tashvishlanishga oʻrin yoʻq. Laktatsiya boʻyicha mutaxassislar va pediatrlarning fikricha, faqatgina toʻyib ovqatlanmaslik bolaning sogʻlom rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Yaʼni, agar bola haqiqatan ham och boʻlsa yoki ataylab ovqatlanmasa, bolada muammolar yuzaga kelishi mumkin. Agar ota-onalar turli xil ovqatlarni taklif qilishganida, bolakay faqat bitta narsani tanlasa, biroz sabr-toqat va kutish tavsiya etiladi. Bolaga muntazam ravishda yangi taomlarni taklif qiling, uni yangi mahsulotlarning shakli, rangi, hidi bilan qiziqtiring.
Ota-onalarning vazifasi bolani alternativ mahsulotlar orqali sogʻlom ovqatlanishga oʻrgatishdir. Eng muhimi farzandingizga bosim oʻtkazmang. Bir xil ovqat yeyish davri oʻtadi va bola yana yangi narsalarni sinab koʻrishni xohlaydi.

Bolakay uchun ishlab chiqarilgan ovqatni tanlashda farzandingiz xavfsizligi uchun yorliqni diqqat bilan oʻqib chiqish talab etiladi. Agar ozuqa tarkibida bola uchun tushunarsiz yoki keraksiz moddalar mavjud boʻlsa, ushbu mahsulotni sotib olishdan bosh tortish yaxshiroq.

Bolalar ovqatining tarkibi quyidagi moddalarni oʻz ichiga olmasligi lozim:

  • sunʼiy boʻyoqlar;
  • konservantlar;
  • sunʼiy hid beruvchi vositalar;
  • tuz;
  • shakar;
  • kartoshka kraxmali;
  • genetik modifikatsiyalangan oziq-ovqatlar (GMO).

Ishlab chiqarilgan bolalar ovqatlarini sotib olayotganda quyidagilarni tekshirishingiz kerak:

  • ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddati;
  • qadoqning yaxlitligi.

Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida 24-oktyabr kuni xonadon yonğinida halok bölgan ayolning ölimi yuzasidan qasddan odam öldir…
10:00 / 27.10.2026
“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölandi

“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölandi

Özbekistonda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan jabrlangan bolalarning oilalariga kompensatsiya töliq tölab beril…
09:51 / 27.10.2026
Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyotni raqamlaştiriş işlari xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olayotganini ma’l…
11:39 / 27.10.2026
Kinematografiya agentligi tugatilib, vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkaziladi

Kinematografiya agentligi tugatilib, vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkaziladi

Prezident kino sohasini boşqariş tizimini isloh qilişni ma’lum qildi. Unga köra, Kinematografiya agentligi tugatilib, kino s…
17:44 / 26.10.2026
Toşkent tumanida rahbarning turmuş örtoği mudir etib tayinlangani yuzasidan xizmat tekşiruvi boşlandi

Toşkent tumanida rahbarning turmuş örtoği mudir etib tayinlangani yuzasidan xizmat tekşiruvi boşlandi

Toşkent tumani tibbiyot birlaşmasi rahbari Husan Asadovning turmuş örtoği Gulnora Asadovani Tumanlararo perinatal markazi mu…
09:47 / 27.10.2026
Belarus tojikistonlik migrantlarga 1 200 dollargaça maoş taklif qilmoqda

Belarus tojikistonlik migrantlarga 1 200 dollargaça maoş taklif qilmoqda

Belarus Tojikiston fuqarolariga oyiga 750 dollardan 1 200 dollargaça maoş bilan işlaş imkoniyatini taklif qilmoqda. Bu haqda…
16:35 / 26.10.2026
Toshkentda Onix urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi

Toshkentda Onix urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi

Montserrat12pt Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Onix rusumli avtomobil urib yuborgan 20 yoshli qiz shifoxonada vafo…
11:34 / 26.10.2026
Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvi boşlandi. Davlat rahbari yiğilganl…
11:35 / 27.10.2026
Yevropada qishki vaqtga o‘tildi: soatlar bir soat orqaga surildi

Yevropada qishki vaqtga o‘tildi: soatlar bir soat orqaga surildi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25-oktabrga o‘tar kechasi qishki vaqtga o‘tdi. Shu munosabat bilan soat millari bir soat orqag…
09:54 / 26.10.2026
Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Turkiyaning Antaliya viloyati Kepez tumanida 2026-yil 26-oktyabr kuni soat 23:00 atrofida yuz bergan tornado oqibatida beş n…
09:36 / 27.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!