Firibgarlar o‘tgan yilda neyron tarmoqlar va sun’iy intellekt yordamida shifokorlar va advokatlarning ovozlarini soxtalashtirish orqali bexabar odamlardan taxminan 11 million dollar o‘g‘irlashgan.
Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda bunday holatlar ko‘payib bormoqda. Bundan nafaqat oddiy odamlar, balki turli korxonalar ham jabr ko‘rmoqda.
Avvalroq, xitoylik bank menejeri firibgar ovozini “bank direktori” deb o‘ylagan va 35 million dollar o‘tkazib bergan.
Xuddi shunday hodisa Britaniya energetika firmasida ham sodir bo‘lgan.
U yerda bexabar xodim oluvchi asosiy firmaning bosh direktori ekanligiga ishonch hosil qilganidan keyin jinoyatchilarga taxminan 250 ming dollar o‘tkazib bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!