$
12010.45 UZS
-13.16
₽
145.64 UZS
0.1
€
13200.69 UZS
-36.1
31° Kechasi 18°

Fransiya Marsni o‘rganish bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikdagi qo‘shma loyihadan voz kechdi

12:51 / 15.08.2022

Fransiya Rossiya bilan orbita uchun maxsus qurilma yaratish dasturida hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti “EkzoMars” loyihasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha direktori Oleg Korablyov ma’lum qilgan. Qurilmani orbitaga yetkazishni dastur tashabbuskori bo‘lgan Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti amalga oshirishi kerak edi.

“Fransiya kosmik agentligi loyihada ishtirok etishga intilmayapti, lekin Rossiya buni o‘zi yakunlay oladi”, – dedi Korablyov. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilma komponentlari bilan bog‘liq muammo allaqachon hal qilingan.

Qayd etilishicha, ushbu qurilma Mars yuzasidagi jarayonlarni o‘rganish, sayoz yerosti stratigrafiyasini o‘tkazish, atmosferaning tuzilishi va dinamikasini tahlil qilish, quyosh shamolining sayyora ionosferasi bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish uchun mo‘ljallangan.

Korablyovning ta’kidlashicha, qurilmaning ayrim qismlari Fransiyada ishlab chiqarilgan. Ushbu qismlar rossiyalik mutaxassislar yaratgan “zapchast”larga almashtiriladi, yetkazib berish allaqachon Roskosmos bilan kelishilgan. Biroq, ularni ishlab chiqarish muddati oshadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston tomoni haligacha Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar institutiga zarur mablag‘ ajratmagan.

Korablyovning fikricha, Xitoyda kerakli komponentlarning analoglari mavjud, biroq institut mahalliy yechimlardan foydalanish niyatida.

Hindistonning Marsga parvozi 2024-yil dekabriga mo‘ljallangan. Aslida stansiyani sayyora orbitasiga chiqarish 2025-yilga mo‘ljallangan edi. Agar boshlash kechiktirilsa, tegishli sharoitlar faqat 2031-yilda paydo bo‘ladi. Korablyovga ko‘ra, bu reys amalga oshishi haqida aniq ma’lumot yo‘q, chunki Rossiya tomoni ishni yakunlashga ulgurmasligi mumkin.

Mart oyida Yevropa kosmik agentligi (YeKA) “EkzoMars” dasturi bo‘yicha Roskosmos bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan. Rossiya tushish modulini, Yevropada esa parvoz modulini ishlab chiqarishi kerak edi. Loyihaning maqsadi Marsda hayot mavjudligini tasdiqlovchi dalillarni izlashdan iborat. YeKAning dasturdan chiqishiga Ukrainada harbiy harakatlar boshlangani sabab bo‘ldi.

Shu paytdan boshlab Yevropa kosmik agentligi NASA bilan “EkzoMars”da hamkorlik qilish imkoniyatini izlay boshladi. O‘tgan oy Yevropa agentligi Marsni tadqiq qilish dasturi bo‘yicha Roskosmos bilan hamkorlikni tugatish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilgan.


Ilm-fan


														
														Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtir…
15:18 / 08.10.2026

														
														Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

1958-yilda AQSHning Ford kompaniyasi benzin o‘rniga atom energiyasidan foydalanadigan avtomobil — Ford Nucleon konsepsiyasin…
09:27 / 07.10.2026

														
														Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda 2026-yilda yangi formatdagi texnologik oliygoh – Sun’iy intellekt universiteti ochiladi. Bu haqda kecha, 24-ap…
16:53 / 25.04.2026

														
														NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026

														
														Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

“Haydovchilar uchun uyquga qarshi aqlli ko‘zoynak — AntiSleep Glasses” nomli EHM uchun yaratilgan dastur Adliya vazirligi to…
17:32 / 24.12.2025

														
														NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng, bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaq…
14:28 / 29.10.2025

														
														Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi.
18:32 / 08.10.2025

														
														Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi.
17:53 / 06.10.2025

														
														Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025

														
														Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025

Bu ham qiziq

Xorijlik velosport mutaxassislariga Özbekistonda viza va işlaş ruxsatnomasi bepul beriladi

Xorijlik velosport mutaxassislariga Özbekistonda viza va işlaş ruxsatnomasi bepul beriladi

Özbekistonga jalb etiladigan xorijlik velosport sportçilari, trenerlari va boşqa mutaxassislarga kiriş vizalari hamda işlaş …
10:13 / 17.11.2026
Özbekiston Dubaydagi xalqaro kontent bozorida 300 dan ortiq filmni namoyiş etdi

Özbekiston Dubaydagi xalqaro kontent bozorida 300 dan ortiq filmni namoyiş etdi

10–11-noyabr kunlari Dubayda jahon kontent industriyasi vakillari iştirokida xalqaro kontent bozori bölib ötdi
15:05 / 17.11.2026
Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

17-noyabr kuni Özbekiston hududida havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim joylarida tuman tuşişi mumkin, yoğingarçilik…
15:46 / 16.11.2026
Putin, Tramp va Si Szinpin uç tomonlama uçraşuv kun tartibini kelişa olmadi — FT

Putin, Tramp va Si Szinpin uç tomonlama uçraşuv kun tartibini kelişa olmadi — FT

Rossiya, AQŞ va Xitoy yetakçilari Vladimir Putin, Donald Tramp va Si Szinpinning 19-noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida öt…
13:59 / 16.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Niderlandiyada qamoqxonalarda joy tugadi: mahbuslar muddatidan oldin ozod qilinadi

Niderlandiyada qamoqxonalarda joy tugadi: mahbuslar muddatidan oldin ozod qilinadi

Niderlandiyada qamoqxonalarda joy yetişmasligi sababli ayrim mahbuslarni muddatidan oldin ozod qiliş tartibi joriy etilmoqda…
10:05 / 17.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Jizzaxda gaz hisoblagiç örnatiş uçun 8 million söm talab qilgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda gaz hisoblagiç örnatiş uçun 8 million söm talab qilgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida fuqaroning xonadoniga gaz hisoblagiç örnatib beriş va hisob raqami oçişni va’da qilib, undan 8 million söm…
09:59 / 16.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!