$
12091.22 UZS
9.59
149.16 UZS
-1.28
13844.45 UZS
7.36
31° Kechasi 18°

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangidan barpo etilgan Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurdi

15:40 / 02.12.2025

Ushbu majmua aholiga barcha zarur tibbiy xizmatlarni bir joyning o‘zida ko‘rsatish imkonini yaratishi bilan katta ahamiyatga ega. Loyiha viloyatda tashkil etilayotgan tibbiyot klasterining dastlabki bosqichi hisoblanadi.

Zamonaviy tibbiyotda bunday klasterli yondashuv tezkor diagnostika, yuqori texnologiyali davolash va shifo istaganlar uchun byurokratik jarayonlarni kamaytirishning eng samarali modeli sifatida tan olingan.

Davlat rahbariga muassasa imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Prezident bemorlarni davolash, shifokorlarning samarali ishlashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Markaz zamonaviy yetti qavatli binoda joylashgan bo‘lib, kuniga 400 nafargacha bemorni qabul qilish quvvatiga ega. Statsionar o‘rinlari 344 ta bo‘lgan markazga umumiy qiymati 100 milliard so‘mdan ortiq zamonaviy jihozlar – MRT, MSKT, laboratoriya komplekslari hamda yuqori texnologiyali jarrohlik uskunalari o‘rnatilgan.

Poliklinika, radiologiya, kardioxirurgiya, neyroxirurgiya, oftalmologiya va urologiya kabi bo‘limlarning bir majmuada joylashgani tibbiy xizmat ko‘rsatishni tezlashtiradi, shifokorlar o‘rtasidagi hamkorlik va bemorlar harakatini yengillashtiradi. Ayniqsa, yangi imkoniyatlar tufayli yuqori texnologiyali operatsiyalar uchun navbatlarning qisqarishi loyihaning eng katta ijtimoiy samarasidir.

Markaz ishga tushishi natijasida Jizzax aholisining respublika shifoxonalari yoki qo‘shni viloyatlarga qatnashi 75-80 foizga kamayadi.

Tibbiyot klasterida Qozon federal universiteti bilan mahalliy mutaxassislar uchun malaka oshirish, ilg‘or diagnostika va davolash usullarini joriy etish, zamonaviy tibbiy standartlarni o‘zlashtirish imkoniyatini beruvchi uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatiladi.

Prezident sog‘liqni saqlash mas’ullari va xodimlari bilan muloqot qildi.

Davlat rahbari tibbiyot klasterlari va ko‘p tarmoqli klinikalar boshqaruvida eskicha yondashuvlardan chekinib, yangi mexanizmlarni joriy qilish, jumladan, tibbiyotning har bir yo‘nalishi bo‘yicha xorijdan xalqaro ekspertlar va yetakchi menejerlarni jalb qilib, mahalliy mutaxassislarni o‘zimizda, bevosita muassasalarda o‘qitish, malakasini oshirish, raqamlashtirish hamda sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Bu Jizzax tajribasi bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

Prezident aholining tibbiy xizmatlardan roziligi masalasiga alohida to‘xtaldi. Sohada amalga oshirilayotgan har qanday o‘zgarishda, eng avvalo, inson qadri ustuvor bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Odamlarimizni ko‘proq bino, undagi sharoit emas, xizmatning sifati, shifokorning bilimi, malakasi, halolligi o‘ylantiradi. Shifoxonaga kelgan odam avvalo e’tibor va to‘g‘ri tashxis, tez va sifatli davolanishni istaydi. Shuning uchun eng katta vazifa – aholiga chin dildan xizmat qiladigan, yuksak malaka va kompetensiyaga ega bo‘lgan tibbiyot tizimini yaratishdir”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerning o‘zida Qozon tibbiyot universitetining Jizzax filiali o‘qituvchilari va talabalari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. O‘quv jarayonida amaliy darslarni ko‘paytirish, talabalarni jahon tibbiyotining yutuqlari va ilg‘or tajribasi bilan doimiy tanishtirib borish muhim ekani ta’kidlandi.


O‘zbekiston


														
														Toshkentda “aqlli bekatlar” joriy etiladi

Toshkentda “aqlli bekatlar” joriy etiladi

Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun alohida kutish joylari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu esa jamoa…
14:29 / 17.03.2026

														
														Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 18-mart, chorshanba kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘i…
13:08 / 17.03.2026

														
														Taroveh namozlarida xizmat qilgan qorilarga 10 mln so‘mdan hadya topshirildi

Taroveh namozlarida xizmat qilgan qorilarga 10 mln so‘mdan hadya topshirildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Ramazon oyida qariyb “Vaqf” fondi orqali qariyb 20 ming nafar diniy s…
11:58 / 17.03.2026

														
														Toshkentda korrupsiyada ayblangan FVB xodimi ushlandi

Toshkentda korrupsiyada ayblangan FVB xodimi ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, inspektor muqaddam ol…
11:25 / 17.03.2026

														
														Turkiyada o‘zbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq hodisa yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanb…
09:14 / 17.03.2026

														
														O‘zbekistondan Eronga insonparvarlik yordami jo‘natildi

O‘zbekistondan Eronga insonparvarlik yordami jo‘natildi

O‘zbekiston hukumati 16-mart kuni Eron xalqiga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizm…
08:20 / 17.03.2026

														
														17-mart uchun ob-havo ma’lumoti

17-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
16:28 / 16.03.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri mansabdori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Qoraqalpog‘istonda “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri mansabdori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadb…
14:27 / 16.03.2026

														
														Olmaliq kombinati mis ishlab chiqarishda dunyoning yetakchi uchligiga kirishi kutilmoqda

Olmaliq kombinati mis ishlab chiqarishda dunyoning yetakchi uchligiga kirishi kutilmoqda

Mazkur ikki yirik quvvatlar hisobiga mis katodi ishlab chiqarishning yillik hajmi 300 ming tonnaga, oltin 33 tonnaga, kumush…
13:38 / 16.03.2026

														
														O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga 10 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi

O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga 10 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tog‘-kon sanoatini rivojlantirish va sohani modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islo…
13:20 / 16.03.2026

Bu ham qiziq

Olmaliq kombinati mis ishlab chiqarishda dunyoning yetakchi uchligiga kirishi kutilmoqda

Olmaliq kombinati mis ishlab chiqarishda dunyoning yetakchi uchligiga kirishi kutilmoqda

Mazkur ikki yirik quvvatlar hisobiga mis katodi ishlab chiqarishning yillik hajmi 300 ming tonnaga, oltin 33 tonnaga, kumush…
13:38 / 16.03.2026
“Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering” – Iqtisodiyot va moliya vazirligi

“Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering” – Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Vazirlik “Tashabbusli byudjet” bo‘yicha firibgarlikdan ogohlantirdi.
10:51 / 15.03.2026
O‘zbekistonlik ayollar asosan necha yoshda ona bo‘lmoqda?

O‘zbekistonlik ayollar asosan necha yoshda ona bo‘lmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tirik tug‘ili…
10:42 / 16.03.2026
Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki 2026-yil yakunigacha tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat…
15:36 / 14.03.2026
Toshkent Lacetti va Matiz to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Toshkent Lacetti va Matiz to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
08:55 / 16.03.2026
Tibbiyot va huquqiy qarorlarda sun’iy intellekt cheklangan tarzda qo‘llanadi

Tibbiyot va huquqiy qarorlarda sun’iy intellekt cheklangan tarzda qo‘llanadi

O‘zbekistonda sun’iy intellektni yaratish, joriy qilish va foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi.
09:58 / 16.03.2026
Qoraqalpog‘istonda “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri mansabdori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Qoraqalpog‘istonda “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri mansabdori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadb…
14:27 / 16.03.2026
Turkiyada o‘zbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq hodisa yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanb…
09:14 / 17.03.2026
Toshkentda korrupsiyada ayblangan FVB xodimi ushlandi

Toshkentda korrupsiyada ayblangan FVB xodimi ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, inspektor muqaddam ol…
11:25 / 17.03.2026
Toshkentda narkokuryerlarni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi

Toshkentda narkokuryerlarni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida narkokuryerlar faoliyatiga chek qo‘ygan profilaktika inspektori xizmatdagi jasorati u…
12:23 / 15.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!