$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

G7 yetakchilari Xirosimadagi memorial muzeyga tashrif buyurdi

11:24 / 20.05.2023

“Katta yettilik” davlatlari yetakchilari Xirosimadagi atom bombasi portlashi qurbonlariga bag‘ishlangan memorial muzeyga borib, xotira kitobiga eslatma qoldirishdi. 

Unda Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisidaning “Men G7 sammitining tarixiy voqeasini rais sifatida qabul qilyapman, boshqa yetakchilar bilan birga yadroviy qurolsiz dunyoga intilish uchun bu yerga yig‘ildim”, – deb yozganini ko‘rish mumkin.

“Biz his-tuyg‘ular va hamdardlik bilan Xirosima qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirib, tinchlik uchun harakat qilishimiz kerak – bu kurashishga arziydigan yagona jang”, – deya yozgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.

AQSh prezidenti Jo Bayden esa “Muzey voqealari barchamizning tinch kelajakni qurishga intilishimizni eslatib tursin. Kelinglar, dunyoni nihoyat va abadiy yadroviy quroldan ozod qila oladigan kun sari birgalikda olg‘a borishda davom etaylik. Imonni saqlanglar!”, – deya qayd etib qo‘ygan.

“Kanada ko‘plab halok bo‘lganlar, atom bombasi qurbonlarining behisob qayg‘usi (hibakusha), Xirosima va Nagasaki aholisining cheksiz iztiroblari uchun hurmat bajo keltirmoqda. Sizning hikoyangiz bizning jamoaviy ongimizda abadiy muhrlangan", – deyiladi Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoning ingliz va fransuz tillarida yozilgan esdaligida.

Germaniya kansleri Olaf Shols: “Bu joy aql bovar qilmaydigan azob-uqubatlarga sabab bo‘lmoqda. Bugun bu yerda hamkorlarimiz bilan birgalikda tinchlik va erkinlikni qat’iyat bilan himoya qilishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz. Yadro urushi hech qachon boshlanmasligi kerak”.

"Bugun biz to‘xtab, ibodatda qolamiz. Bugun zulmat g‘olib chiqmaganini eslaymiz. Bugun umid kelajagini birgalikda qurish uchun o‘tmishni eslaymiz”, – deya yozgan Italiya bosh vaziri Giorgi Meloni.

“Shekspir aytganidek, “Umumsizlikka erkinlik bering”, hatto so‘zlar ham yadroviy chaqnashda so‘nib ketadi. Xirosima va Nagasaki aholisining dahshatini va azobini tasvirlashga so‘z yo‘q. Lekin butun qalbimiz bilan aytamiz, boshqa hech qachon yadroviy urush bo‘lmaydi”, – deya qayd etgan Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak.

Ma’lumki, 1945-yil 6-avgustda Amerika samolyotlari Xirosima shahrini, uch kundan so‘ng esa Nagasakini bombardimon qildi. Natijada 210 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan, ikki yuz mingga yaqin kishi radioaktiv nurlanish ta’siriga uchradi. Xirosima va Nagasakidagi atom bombalari insoniyat tarixida yadro qurolidan jangovar foydalanishning yagona namunasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tish mumkin, joriy yilgi G7 sammitiga Yaponiya mezbonlik qilmoqda. Sammit 19-21-may kunlari Xirosima shahrida bo‘lib o‘tadi. “Katta yettilik” davlatlaridan tashqari Hindiston, Avstraliya, Braziliya, Janubiy Koreya, Vyetnam, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasiga raislik qiluvchi Indoneziya, Tinch okeani orollari forumiga raislik qiluvchi Kuk orollari va Afrika Ittifoqiga raislik qiluvchi Komor orollari delegatsiyalari taklif etilgan.

Shuningdek, BMT, Xalqaro energetika agentligi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon banki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Jahon savdo tashkilotiga ham taklifnoma yuborilgan.


Siyosat


														
														Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026

														
														Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi lavozimiga nomzodini …
16:31 / 26.10.2026

														
														Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir parlamenti Nigerga harbiy xizmatchilar yuborish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Bu mamlakatning 1973-yildan beri il…
11:01 / 26.10.2026

														
														Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada Yaponiyaning Hokkaido Shimbun gazetasi muxbiri Imayi Yuki josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi. Rossiya Federal xav…
09:37 / 14.10.2026

														
														Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an urush jinoyatlarida ayblanayotgan shaxslar BMT minbarida emas, sud zalida javob be…
10:44 / 27.09.2026

														
														Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqd…
10:41 / 27.09.2026

														
														Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keladi. Bu haqda kecha, 24 sentyabr kuni AQ…
16:05 / 25.09.2026

														
														Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujum tayyorlayotgani haqida razvedka ma’lumotlari mav…
09:47 / 23.09.2026

														
														AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026

														
														Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘u…
11:13 / 24.08.2026

Bu ham qiziq

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!