$
12066.22 UZS
62.2
₽
149.74 UZS
0.94
€
13444.18 UZS
82.51
31° Kechasi 18°

G‘arb o‘z aholisi oldida ishonchni yo‘qotmoqda

11:44 / 26.11.2023

Kecha, 25-noyabr kuni Toshkentda Turkiy davlatlar tashkiloti musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining IV yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining rasmiy telegram kanalida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi, Turkiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston muftiylari, ulamolar hamda diniy soha vakillari ishtirok etgan. Anjumanda turkiy dunyoning diniy idoralari o‘rtasidagi aloqalarini mustahkamlash va global muammolarga birgalikda yechim topish mavzularida suhbatlashildi.

Xususan, Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi raisi doktor Ali Erbash yig‘ilishda nutq so‘zlab, barcha turkiy xalqlarni din va qadriyatlarni asrashda birdamlikka chaqirgan.

“So‘nggi vaqtlarda musulmonlarga turli tahdidlar kuchaymoqda. Dunyoda terrorizm avj olyapti. Islomofobiyani shakllantirish uchun harakatlar bo‘lyapti. Islomga qarshi fikrlar faol qo‘llab-quvvatlanayotgan bir paytda biz musulmon ahli birlashishimiz, tahdidlarga qarshi birgalikda tura olishimiz kerak. Dinimiz hech qachon terrorizm yoki ekstremizmga asos bo‘lmagan. Biz terrorizimga qarshi ekanimiz juda ko‘p ta’kidlanishi shart bo‘lgan masala.

Islom dini bilan terrorizm o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. G‘arb tomonidan islomni terrorizmga bog‘lamoqchi bo‘lmoqdalar. Ular singdirayotgan bu tushunchalar yolg‘on va asossiz. Imperialistik kuchlar islomga qarshi dushmanlarni shakllantirmoqda. Ular o‘zlarining asosiy dushmani sifatida islomni ko‘rishadi. Biz turkiy davlatlar tashkiloti a’zolari dunyoda nimalar bo‘layotganidan xabardormiz. Islom dini terrorizmni manbai yoki ildizi bo‘lmagan. Islom hech qachon terrorizm tomonda bo‘lmagan.

Iyerusalim, Somali, Yaman, G‘azo, Quddus, Falastin, Afg‘oniston kabi joylarda genotsid jinoyatlari yuz berib kelmoqda. Bu insoniy qadriyatlarga zid, juda ham katta jinoyatlardir. Barcha qadriyatlarni buzgan g‘arb endi “bankrot”. Ular o‘z xalqi oldidagi ishonchni ham yo‘qotmoqda. Tavsiya qilardikki, ular qotillik, qirg‘inga qarshi chiqayotgan o‘z aholisini tinglashsin.
Falastinliklarning musulmon bo‘lgani uchun befarq bo‘layotganlar, G‘azo sektoridagi begunoh odamlarni, chaqaloqlarni, ayollarni, qariyalarni o‘ldirayotgan Isroilni qo‘llab-quvvatlaydiganlar vijdonida abadiy sharmandalik bor”, —degan Ali Erbash.

Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblik kabi illatlarga qarshi hamkorlikda kurashish, islomofobiyaga murosasiz bo‘lish kabi masalalar muhokama etilgan. Shuningdek, musulmon ummati uchun eng muhim bo‘lgan masalalar hamjihatlikda ko‘rib chiqilib, muammolarni hal etishning yagona yo‘li birdamlikda harakat qilish, o‘zaro aloqalarni mustahkamlash ekani barcha muftiylar tomonidan ta’kidlangan.


Bu ham qiziq

V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

Poytaxtimizda rekord darajadagi 5831 nafar şaxmatçini özida jamlagan V «Zakovat-Gambit» turnirining hal qiluvçi final öyinla…
09:57 / 30.10.2026
30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:45 / 29.10.2026
Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Bugun, 29-oktabr kuni dunyo reytingida 66-örinni egallab turgan özbekistonlik tennisçi Kamilla Rahimova Yaponiyaning Tokio ş…
12:01 / 30.10.2026
Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Bu haqda, Prezident Administratsiyasi rahabri özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. Xöş, bu tizimlar foydalanu…
14:54 / 27.10.2026
Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyotni raqamlaştiriş işlari xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olayotganini ma’l…
11:39 / 27.10.2026
Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim hududlarda yoğingarçilik kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +13…+23 dar…
17:23 / 28.10.2026
Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada 28-oktabr kuni ikkita tezyurar poyezd töqnaşib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 10 kişi halok bölgan, qurbonlar son…
16:37 / 28.10.2026
SSV Kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlanişdan ogohlantirdi

SSV Kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlanişdan ogohlantirdi

Qölbola va tegişli standartlarga javob bermaydigan isitiş jihozlaridan foydalaniş — hayot uçun xavfli. Kuz-qiş mavsumida is …
16:25 / 29.10.2026
Umraga yuboriş uçun $2100 talab qilgan 19 yoşli yigit uşlandi

Umraga yuboriş uçun $2100 talab qilgan 19 yoşli yigit uşlandi

Andijon va Farğona viloyatlarida fuqarolarni Umra ziyoratiga noqonuniy yuborişga uringan şaxslar uşlandi. Bu haqda Davlat xa…
09:18 / 30.10.2026
Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Sönggi kunlarda havo sifatining keskin yomonlaşuvi yana jamoatçilik e’tibori markazida bölib turibdi.
09:18 / 29.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!