Poytaxtimizda rekord darajadagi 5831 nafar şaxmatçini özida jamlagan V «Zakovat-Gambit» turnirining hal qiluvçi final öyinlariga start berildi.
Bu yilgi musobaqa yanada keng qamrovli bölişi va barça şaxmatsevarlarga imkon berişi uçun ilk bor ikki xil saralaş tizimi joriy etildi: avval respublikaning barça 14 hududida yuzma-yuz bahslar, söngra esa onlayn platformada qöşimça saralaş öyinlari taşkil qilindi.
«Zakovat arena» binosida ötayotgan final bahslarida iştirokçilar öz darajalariga köra beşta guruhga bölingan holda jami 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun özaro dona surmoqda. Uşbu guruhlarning har birida ğoliblikni qölga kiritganlarga 50 million, ikkinçi öringa 30 million, uçinçi öringa va ayollar örtasidagi eng kuçli iştirokçiga esa 20 million sömdan pul mukofotlari berilişi belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!