Qölbola va tegişli standartlarga javob bermaydigan isitiş jihozlaridan foydalaniş — hayot uçun xavfli. Kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlaniş holatlari köpayişi, avvalo, ana şu omil bilan boğliq.
Qolaversa, gaz tarmoqlariga rezina şlang orqali ulaniş, dudburon va şamollatiş tizimlarini öz vaqtida tozalamaslik, xonalarni oçiq olov yordamida isitiş ham uglerod oksididan zaharlaniş xavfini oşiradi.
Is gazi nafas yöllari orqali organizmga kirib, qondagi gemoglobin bilan birikadi va uning kislorod taşiş qobiliyatini pasaytiradi, — deydi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya bölimi mudiri Ne’mat Işbayev. — Natijada organizmda kislorod yetişmovçiligi yuzaga keladi.
Yengil zaharlanişda boş oğriği, boş aylanişi, muşaklar böşaşişi, quloqlarda şovqin, köngil aynişi, qusiş va uyquçanlik kuzatiladi.
Oğir holatlarda esa huşdan ketiş, tutqanoq va nafas olişning töxtaşi röy berişi mumkin. Eng xavflisi, kuçli zaharlaniş ölimga olib kelişi ehtimoli bor. Ayrim hollarda oğir asoratlar zaharlanişdan 2–3 hafta ötib ham namoyon bölişi mumkin.
Is gazidan zaharlanganda, avvalo, jabrlanuvçini zudlik bilan toza havoga olib çiqiş va tez tibbiy yordam çaqiriş zarur.
Bemorning nafas olişini yengillaştiriş uçun siqib turgan kiyimlarini böşatiş lozim. Agar u huşsiz, ammo nafas olayotgan bölsa, yonboş holatda yotqiziş kerak.
Nafas olmayotgan bölsa, tez tibbiy yordam dispetçeri körsatmasiga muvofiq yurak-öpka reanimatsiyasini boşlaş zarur.
Muhimi, jabrlanuvçining ahvoli yaxşilangandek körinsa ham, u şifokor körigidan ötişi şart. Çunki is gazidan zaharlanişning ayrim asoratlari keçroq namoyon bölişi mumkin.
Körinmas xavfning oldini oliş uçun isitiş peçlari, dudburonlar va şamollatiş tizimlari sozligini muntazam tekşirib turiş, nosoz isitiş jihozlaridan foydalanmaslik talab etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!