“Garri Potter va falsafa toshi” kitobining adiba Joan Rouling dastxati tushirilgan ilk nashri kimoshdi savdosiga qoʻyildi. Lotning dastlabki narxi $250 000 ga baholangan. Ushbu kitob 1997 yilda 500 ta nusxada chop etilgan ilk nashrlardan biri hisoblanadi.
Auksion 7-15-iyun kunlari “Christieʼs” kimoshdi savdosi uyi tomonidan London shahrida oʻtkaziladi.
Maʼlum boʻlishicha, kitobning ilk nashrida bir nechta xatolar mavjud. Misol uchun, orqa muqovada asarning nomi toʻgʻri yozilmagan.
Eslatib oʻtamiz, “Garri Potter va falsafa toshi” yosh sehrgar haqidagi romanlar seriyasining birinchi kitobi hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!