$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

Tramp Zelenskiydan Donbassni Rossiyaga topshirishni talab qilgan

10:55 / 20.10.2025

Britaniyaning Financial Times nashrining yozishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp 17-oktyabr kuni Oq uyda Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy bilan o‘tkazgan muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklif qilgan shartlarni qabul qilishni talab qilgan. Manbalarga ko‘ra, Tramp Zelenskiyni “Rossiyaga butun Donbassni berish”ga chaqirgan va agar Kiyev bunga rozi bo‘lmasa, “Putin Ukrainani yo‘q qiladi”, deb tahdid qilgan.

Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, muzokara bir necha marta “bahs va baqir-chaqirga” aylangan, Tramp “to‘xtovsiz haqoratli so‘zlar ishlatgan”. AQSh prezidenti Ukraina fronti xaritalarini stoldan otib yuborgan va “bu qizil chiziqlardan charchadim, qayerligini ham bilmayman”, deb aytgan.

Financial Times’ning yozishicha, Tramp Putin bilan bir kun avvalgi telefon suhbatda eshitgan gaplarni deyarli so‘zma-so‘z takrorlagan, hatto ular o‘zining avvalgi bayonotlariga zid bo‘lsa ham. Yevropa manbalariga ko‘ra, u Zelenskiyga “agar kelishuv tuzmasang, yo‘q bo‘lasan”, degan va Rossiya iqtisodiyoti “juda yaxshi holatda” ekanini ta’kidlagan.

16-oktyabr kuni The Washington Post nashri Putin Tramp bilan suhbatda Ukraina Donesk ustidan to‘liq nazoratni topshirish urushni to‘xtatish sharti sifatida qo‘ygani haqida yozgan edi. Evaziga Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlarining hali bosib olinmagan qismlariga bo‘lgan da’vodan voz kechishga tayyorligini bildirgan.

Financial Times nashrining qayd etishicha, Trampning Putin fikrlarini ochiqcha takrorlashi Ukraina bo‘yicha AQSh pozitsiyasining beqarorligini va Rossiyaning talablariga moyilligini ko‘rsatib bergan.


Siyosat


														
														BAA OPEKdan so‘ng yana bir xalqaro tashkilotni tark etdi

BAA OPEKdan so‘ng yana bir xalqaro tashkilotni tark etdi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Arab neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OAPEK) safidan chiqdi. Bu haqda tashkil…
09:17 / 05.05.2026

														
														Germaniya AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishi haqidagi qarorga munosabat bildirdi

Germaniya AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishi haqidagi qarorga munosabat bildirdi

Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius AQSh Prezidenti Donald Trampning Germaniyadan qariyb 5 ming nafar amerikalik harbi…
12:50 / 03.05.2026

														
														Tramp Putinni G20 sammitiga taklif qilishni ko‘rib chiqmoqda

Tramp Putinni G20 sammitiga taklif qilishni ko‘rib chiqmoqda

Donald Tramp Vladimir Putinni AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgan G20 sammitiga taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotg…
11:12 / 24.04.2026

														
														Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh yana 3 haftaga uzaytirildi

Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh yana 3 haftaga uzaytirildi

Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh Oq uyda o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng yana uch haftaga uzaytirildi.
10:11 / 24.04.2026

														
														Maduroni qo‘lga olishda ishtirok etgan harbiy hibsga olindi

Maduroni qo‘lga olishda ishtirok etgan harbiy hibsga olindi

AQShda Donald Tramp ma’muriyati davrida Nikolas Maduro bilan bog‘liq operatsiya atrofida jiddiy mojaro yuzaga keldi. Ushbu o…
09:34 / 24.04.2026

														
														Italiya Solovyovning haqoratlari ortidan Rossiya elchisini chaqirtirdi

Italiya Solovyovning haqoratlari ortidan Rossiya elchisini chaqirtirdi

Rossiyaning Rimdagi elchisi Aleksiy Paramonov teleboshlovchi Vladimir Solovyovning Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni haqidagi…
11:29 / 22.04.2026

														
														Eron bilan sulh uzaytiriladi, ammo blokada saqlanadi

Eron bilan sulh uzaytiriladi, ammo blokada saqlanadi

AQShning prezidenti Donald Tramp Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berib, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi uzaytiri…
10:02 / 22.04.2026

														
														Tashiyev Qirg‘iziston futbol ittifoqi prezidenti lavozimidan voz kechdi

Tashiyev Qirg‘iziston futbol ittifoqi prezidenti lavozimidan voz kechdi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari futbol ittifoqi prezidenti lavozimini tark etishini ma’lum…
14:40 / 15.04.2026

														
														Tashiyevning ikki o‘rinbosari hibsga olindi

Tashiyevning ikki o‘rinbosari hibsga olindi

Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq o‘rinbosarlari — Timur Shabdanbekov va Daniyel Risaliyev hibsga …
12:21 / 15.04.2026

														
														Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy tashrif bilan AQShga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy tashrif bilan AQShga yetib bordi

AQShga tashrif doirasida Prezidentimiz Tinchlik kengashining birinchi sammiti va bir qator ishbilarmonlik tadbirlarida ishti…
10:08 / 18.02.2026

Bu ham qiziq

Ustoz qadri yuksak bo‘lsa, jamiyatda adolat ham mustahkam bo‘ladi

Ustoz qadri yuksak bo‘lsa, jamiyatda adolat ham mustahkam bo‘ladi

Yaqinda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli maktabda informatika fani o‘qituvchisi va o‘quvchilar o‘rtas…
13:54 / 26.05.2026
Toshkentda yangi pulli halqa yo‘li va aeroport magistrali qurilishi mumkin

Toshkentda yangi pulli halqa yo‘li va aeroport magistrali qurilishi mumkin

Poytaxtda transport tirbandligini kamaytirish maqsadida uzunligi qariyb 100 kilometr bo‘lgan pulli halqa yo‘li qurilishi muh…
12:39 / 26.05.2026
Farg‘ona va Namanganda 2 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Farg‘ona va Namanganda 2 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Farg‘ona va Namangan viloya…
07:39 / 30.05.2026
Andijonda Damas yonib ketdi

Andijonda Damas yonib ketdi

Damas rusumli transport vositasining elektr simlaridan chiqqan qisqa tutashuv oqibatida uning salon qismida yong‘in kelib ch…
18:42 / 28.05.2026
Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimla…
12:43 / 28.05.2026
29-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19:29 / 28.05.2026
Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

“Ukraina Latviya hududidan Rossiya hududlariga qarshi dronlarni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, – deb xabar berdi Rossiy…
10:40 / 25.05.2026
Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish…
17:12 / 26.05.2026
Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat narxlarini asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat narxlarini asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari hamda respublika hududlaridagi savdo komplekslariga Qurbon hayiti arafasida narxlar…
11:13 / 26.05.2026
Qozog‘iston Eron uranini qabul qilishi mumkin

Qozog‘iston Eron uranini qabul qilishi mumkin

Qozog‘iston Eron yadro dasturi bo‘yicha AQSh va Eron o‘rtasida kelishuvga erishilgan taqdirda, Eronning uran zaxiralarini qa…
14:12 / 30.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!