$
12965.34 UZS
-14.82
161.34 UZS
-0.29
14525.07 UZS
-81.5
37° Kechasi 18°

Harbiy zobitlikdan Bosh vazirlikkacha. Uinston Cherchillning sirli hayotiga nazar

15:20 / 07.03.2022

“Haqiqiy siyosatchi ertaga, keyingi hafta, keyingi oy va kelgusi yilda nima boʻlishini oldindan aytib bera olishi kerak”.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Uinston Cherchill

1915-yilning bahori. Yevropada Birinchi jahon urushining ayni qizigan vaqti.
Qirollik saroyida barcha amaldorlar toʻplanib, Germaniyani qanday magʻlub etish haqida oʻylardi. Shu vaqtda Britaniya dengiz flotining qoʻmondoni Uinston Cherchill “Dardanell” deb nomlangan hujum operatsiyasini amalga oshirishni taklif qildi. Bundan maqsad Usmoniylar imperiyasining poytaxti Konstantinopolni qoʻlga kiritib, turklarni urushdan chiqarish va Rossiya imperiyasiga yordam uchun dengiz yoʻlini ochish edi. Qirol va Bosh vazir bunga rozilik berdi. Biroq bu hujum sharmandali magʻlubiyat bilan yakunlandi. Cherchill oʻz lavozimidan ozod etildi. Uning aybi bilan 250 ming ingliz askari qurbon boʻldi. Uinston Cherchillning dushmanlari uni tamom boʻldi, deb oʻylashdi.

Bugun oʻz davrining eng kuchli siyosatchisi, kimlar uchundir ayyor dushman, boshqalar uchun insonparvar qahramon, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Uinston Cherchillning hayotidagi sirli voqealar haqida gaplashamiz.

Nimjon Cherchill

Uinston Cherchill 1878-yil 30-noyabr kuni Angliyaning Oksford shahri yaqinida joylashgan Blenxem mavzesida, aristokratlar oilasida dunyoga keldi. Uinston yetti yarim oylik vaqtida, muddatidan oldinroq tugʻildi. Chaqaloq juda nimjon, yashab ketishi uchun deyarli umid yoʻq edi. Biroq moʻjiza tufayli u yashab qoldi.

Cherchill ota tomondan gersog Marlboro avlodi boʻlsa, onasi “dollar malikalari” (yevropalik yigitlarga turmushga chiqqan amerikalik boy qizlar shunday atalgan)dan edi. 

Boʻlajak Bosh vazirning otasi bilan munosabatlari yaxshi boʻlmadi. Aristokrat ota oʻgʻliga ulkan umid bogʻladi. Biroq oʻgʻil otaning umidlarini oqlamadi. Yosh Uinston maktabda yaxshi taʼlim olmadi. U maktab attestatsiyasida oʻz sinfida 13 nafar oʻquvchi oʻrtasida 13-oʻrinni egalladi. Otasi uni qoʻpol va ahmoq deb hisobladi va oʻlimigacha bu fikridan qaytmadi. Boʻlajak Bosh vazir otasidan oʻzi haqida shunday fikrlarni koʻp eshitar edi.

“Unda aql, bilim va ishni tashkil etish qobiliyati yoʻq. Buning oʻrniga u gʻoʻddayish, boʻrttirish va xayolparastlikka moyil”.

Jenni Cherchill o'g'illari Jon (chapda) va Uinston (o'ngda) bilan 1889 yil

Muvaffaqiyatlar sari tashlangan qadam

Ota bolasiga uning umidlarini oqlamaganligini doimo taʼkidlasa, bola bunga javoban nima qiladi? Bolalar psixologiyasiga koʻra, bola bu dakkilardan quvvat olib, eng zoʻr boʻlish uchun harakat qiladi. Yoki oʻzini hamisha kuchsiz deb bilib, ruhiy tushkunlikka tushib qoladi.

Yosh Cherchill otasining dakkilariga qarama-qarshi oʻoʻlaroq, hamma narsada eng zoʻr boʻlishga harakat qildi. U maktabni tamomlagach, “Sandherst” qirollik harbiy akademiyasiga oʻqishga yoʻl oldi. Harbiy akademiyaga uchinchi urinishda kirishga muvaffaq boʻldi. 1894-yilda Uinston harbiy akademiyani aʼlo baholar bilan tamomlagach, kichik leytenant unvonida harbiy faoliyatini boshladi. U Britaniya imperiyasi oʻz qudratining choʻqqisiga chiqqan davrida ingliz armiyasida xizmat qildi. Cherchill harbiy mundir kiyib Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida jang qildi. Dastlab mustaqillik urushi ketayotgan Kubaga yuborilgan Uinston, keyinchalik  Hindistonga oʻtkazildi. 

Cherchill Hindistondaligida buvisiga shunday maktub yoʻllaydi:

“Pushtun qabilalaridan boʻlgan odamlar yaradorlarni dahshatli qiynoqqa solib oʻldirishadi. Askar raqibning qoʻliga tushib qolsa, u yarador boʻlsa ham hech qachon tirik qolmaydi. Dala shifoxonalari va kasallar karvoni  dushmanga maxsus nishon sifatida xizmat qiladi. Biz yozda dushmanni suvsiz qoldirish uchun suv omborlariga hujum qilamiz. Ularning suvsizlikda halokati, shunchaki, dahshatli”.

1898-yilda yosh ofitser Misrga keldi va Omdurmandagi mashhur kavaleriya operatsiyalarida nafaqat harbiy, balki jurnalist sifatida faol qatnashdi. Oʻsha yili uning “The Story of the Malakand Field Force”, deb nomlangan birinchi kitobi nashr etildi.

1897-yilda Cherchill “London Daily Telegraph”ning harbiy muxbiri sifatida general Bladning Malakand boʻgʻozida uyushtirgan ekspeditsiyasiga qoʻshildi.

Asirlikdagi hayot

1899-yilning mart oyida Cherchill nafaqaga chiqadi. U bir qator yigʻilishlarda chiqib nutq soʻzladi. Nafaqaga chiqqach, Uinston jurnalist sifatida shuhrat qozondi. Uning “Daryo urushi” nomli kitobi Britaniyada bestseller asarga aylandi.

Iyul oyida Cherchill Oldxemdan Konservativ partiyadan parlamentga nomzod boʻlish taklifini oldi. Biroq birinchi urinish muvaffaqiyatsiz boʻldi.

Kuzga kelib Britaniya va Bur Respublikasi oʻrtasidagi munosabatlar ipi taranglashdi. Oʻsha yilning sentyabr oyida urush boshlandi. “Daily Mail” gazetasi Cherchillni Janubiy Afrikaga urush muxbiri sifatida borishga taklif qildi. Buning uchun unga 250 ming funt sterling maosh berildi. Bu oʻsha vaqt uchun juda katta pul edi. Boʻlajak Bosh vazir bunga darrov rozi boʻldi.

15-noyabr kuni Cherchill kapitan Xoldeyn qoʻmondonligida zirhli poyezdda ketayotgan bir paytda, poyezd dushman artilleriyasi tomonidan oʻqqa tutiladi. Dushman chekinish yoʻlini toʻsib qoʻydi. Uinston va qoʻmondon Xoldeyn qoʻlga olinadi. Ular bir muncha vaqt asirlikda boʻlishdi. Nihoyat Cherchill va ikki tutqun lagerdan qochdi. Uni qoʻlga olish uchun burlar 25 funt mukofot puli belgiladi. Biroq boʻlajak Bosh vazir allaqachon London tomon yoʻl olgandi.

Siyosat olamiga bosilgan qadam

Asirlikdan qochish Cherchillni Britaniyada mashhur qildi. U parlamentga nomzod boʻlish uchun bir nechta takliflar oldi. Nihoyat otasining ortidan u ham siyosatga qadam qoʻydi. 1900-yilda Uinston Cherchill 26 yoshida Konservatorlar partiyasidan Jamoalar palatasiga saylanadi. Lekin keyingi uch yilda Cherchill va partiya rahbari Jozef Chemberlen oʻrtasida qarama-qarshiliklar paydo boʻldi. 

1904-yilgi parlament saylovida Uinston Liberallar partiyasidan ishtirok etdi. Oʻsha yilgi parlament saylovida ushbu partiya gʻalaba qozondi. Shundan soʻng, boʻlajak Bosh vazirga turli mansablar taklif etildi. Xususan, unga mustamlaka ishlari bilan shugʻullanuvchi vazirlarga rahbarlik qilish, keyinchalik qirolichaning maxfiy maslahatchisi boʻlish taklifi berildi.

1908-yilda Cherchill ichki savdo va ichki ishlar boʻyicha kengashni boshqardi. U bu lavozimda keksalarga nafaqa berish, ishsizlarni esa ish bilan taʼminlash boʻyicha islohotlarni amalga oshirdi. Savdo palatasi prezidenti etib tayinlangan Cherchill, Buyuk Britaniyaning yana bir mashhur Bosh vaziri Devid Loyd Jorj hukumati tarkibiga kiradi.

Birinchi jahon urushi va sharmandalik

1911-yilda Cherchill Britaniya dengiz flotining ministri lavozimiga tayinlandi. Boʻlajak Bosh vazir bor eʼtiborini Germaniya bilan istiqboldagi urushga qaratdi. U Britaniya dengiz flotini modernizatsiya qildi. Shuningdek, Cherchill dunyodagi birinchi mustaqil havo kuchlari qirollik dengiz havo xizmatini tuzdi va tank ixtiro qilinishiga homiy boʻldi.

1914-yil 3-avgust kuni rasman Buyuk Britaniya Birinchi jahon urushiga kirdi. Cherchillning tayyorgarligiga qaramay, Jahon urushi boshlanishi bilan Britaniya qiyin ahvolga tushib qoldi. 

Shu yilning 5-oktyabr kuni Uinston Antverpen shahri (Belgiya poytaxti)ga keldi. Chunki nemislar Belgiya hukumatiga taslim boʻlishni taklif qilgan edi. U shahar mudofaasiga shaxsan rahbarlik qildi. Biroq Germaniya armiyasi bu mudofaa chizigʻini yorib oʻtdi. Nemislar Belgiya hududi orqali Fransiyaga hujum uyushtirdi. Cherchill Londonga qaytdi.

1915-yilda Uinston navbatdagi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U Ittifoqchi kuchlar yordamida “Dardanell” operatsiyasini tashkil etdi. 

Bu hujum oʻsha yilning 19-fevralidan, 1916-yil 9-yanvargacha davom etdi. Bundan maqsad Usmoniylar imperiyasining poytaxti Konstantinopolni qoʻlga kiritib, turklarni urushdan chiqarish va Rossiya imperiyasiga yordam uchun dengiz yoʻlini ochish boʻlgan. Biroq Turkiya Cherchill kutganidan ancha qattiqroq qarshilik koʻrsatadi. Hujum ittifoqchilarning sharmandali chekinishi bilan yakunlanadi va Uinston Cherchill oʻz lavozimidan ozod etiladi. 

Maʼlumotlarga koʻra, toʻqqiz oy davom etgan hujum oqibatida 250 ming ingliz qurbon boʻlgan. 90 000 ming askar yaralangan. Urush qatnashchilarining jon talvasasida chinqirigʻi, oʻq ovozlari, snaryadlarning portlashi, ingliz askarlarining dengizdagi jonsiz tanalari uning koʻz oʻngidan bir lahza ham nari ketmadi. Bu xotiralar uni umrining soʻngi lahzalarigacha taqib qildi.

Uinston Cherchill garchi dengiz qoʻmondonligi lavozimidan boʻshatilgan boʻlsa-da, siyosatdan ketmadi. U oʻz magʻlubiyatlaridan toʻgʻri xulosa chiqarib, yanada kuchli boʻlib qaytdi. Biroq, bu beshafqat hayot yoʻlida uni yanada qonli voqea Adolf Gitler bilan kechadigan Ikkinchi jahon urushi kutib turgan edi. Bu haqida keyingi maqolamizda toʻxtalib oʻtamiz.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Uchda avtovokzal va to‘qqizta avtostansiya qayta nomlanadi

Uchda avtovokzal va to‘qqizta avtostansiya qayta nomlanadi

O‘zbekiston Transport vazirligi respublikaning olti viloyatidagi uchta avtovokzal va to‘qqizta avtostansiyaga yangi nomlar b…
20:25 / 16.05.2025
Eron AQSh bilan yadro kelishuvini imzolashga tayyor

Eron AQSh bilan yadro kelishuvini imzolashga tayyor

Mamlakat rasmiylari iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinsa bu bitimga erishish mumkinligini ma’lum qilgan.
12:16 / 15.05.2025
Bog‘cha tarbiyachilarining malakasi, mahorati va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Bog‘cha tarbiyachilarining malakasi, mahorati va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarining malakasi, mahorati va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifik…
20:42 / 15.05.2025
Buxoroda ayolni ekskavator bosib ketdi

Buxoroda ayolni ekskavator bosib ketdi

“Tergov yakuniga ko‘ra holatga huquqiy baho berilib, javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanadi”, – deyiladi Buxoro viloyati …
13:01 / 16.05.2025
Bank xodimi yer maydonini 200 mln so‘mga pullayotganda ushlandi

Bank xodimi yer maydonini 200 mln so‘mga pullayotganda ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazi…
12:01 / 15.05.2025
Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab soat 07:00 dan 21:00 gacha shahar ko‘chalarida yo‘llarni ta’mirlash va yo‘l belgilarini qo‘l…
20:08 / 16.05.2025
O‘zbekistonda ayrim yo‘l belgilar o‘rnatilishi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda ayrim yo‘l belgilar o‘rnatilishi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda “To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarining maqsadga muvofiq o‘rnatilganligi nuq…
20:04 / 16.05.2025
17-19-may kunlari ayrim hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

17-19-may kunlari ayrim hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumk…
12:46 / 16.05.2025
Sergelidagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

Sergelidagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:21 da yong‘inga yetib borib, yong‘in soat 11:00 da qurshab olingan va soa…
11:41 / 15.05.2025
16-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 39-41 daraja bo‘ladi.
03:52 / 16.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!