Hindistonning Karnataka shtati Bengaluru shahridagi mehmonxonalardan birida o‘zbekistonlik ayolning jasadi topilgan. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi Bengaluru shahri politsiya idorasi vakillari bilan tezkor tarzda aloqa o‘rnatdi va mazkur holatga oydinlik kiritish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 13-mart kuni mazkur shaharning “Jagadish Hotel” mehmonxonasida O‘zbekiston fuqarosi, 1997-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Z.J. ismli ayol o‘z xonasida o‘lik holatida topilgan.
Hozir mutasaddi tashkilotlar tomonidan mazkur hodisaning sabablari aniqlanmoqda. Diplomatik missiyaning konsullik bo‘limi ushbu jarayonni o‘z nazoratiga olgan.
Elchixona tomonidan zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish maqsadida marhumaning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi ushbu voqea yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘lganlardan dipmissiya konsullik bo‘limiga quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishini so‘raydi:
Telefon: +91 11 2467 0774/75
El. pochta: in.uzembassy@mfa.uz va info.uzbekembassy@gmail.com
Telegram-bot: @consuluzbindia_bot.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!