$
11964.27 UZS
-9.75
₽
144.49 UZS
-0.09
€
13323.41 UZS
-109.05
31° Kechasi 18°

“Huawei” kompaniyasining daromadi keskin kamaydi

12:59 / 14.08.2022

Xitoyning “Huawei” kompaniyasi 2022-yilning birinchi yarmidagi sof foydasi 52 foizga kamayganini ma’lum qildi. Ushbu ko‘rsatkichlarga murakkab iqtisodiy vaziyat ta’sir ko‘rsatdi, bu esa ishlab chiqaruvchining tovarlariga bo‘lgan talabning qisqarishiga olib keldi. Natijada AQSH sanksiyalari ostida qolgan “Huawei” kompaniyasining ahvoli yanada og‘irlashdi.

Kompaniyaning yillik daromadi 5,9 foizga kamayib, 44,73 milliard dollarni tashkil etdi. Eng keskin pasayish yanvar-mart oylarida sodir bo‘lgan.

“Qurilmalar biznesdagi katta yo‘qotishlarga qaramay, AKT infratuzilmasi biznesi barqaror o‘sishda davom etmoqda”, – dedi kompaniya rahbari Ken Xu.

Kompaniyaning foyda marjasi 5 foizga qisqargan va sof foyda 2,24 milliard dollarni tashkil etgan. 2021 yilning birinchi yarmida u 4,46 dollarga yetdi.

“Huawei” kompaniyasining ta’kidlashicha, iqtisodiy qiyinchiliklar, COVID-19 cheklovlari va ta’minot zanjiri muammolari kompaniya smartfonlari hamda noutbuklari savdosiga putur yetkazgan. Ushbu segmentdan tushgan daromad chorakdan ko‘proqqa qisqarib, 15,02 milliard dollarni tashkil etgan.

Daromadga “Huawei” kompaniyasining yangi texnologiyalar va biznesga kiritgan sarmoyasi ham ta’sir ko‘rsatdi.

2019-yilda Qo‘shma Shtatlar Xitoy kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritdi, bu esa “Huawei”ning bir qator Amerika texnologiyalariga kirishini chekladi. Bu ishlab chiqaruvchining chiplar va boshqa komponentlarni ishlab chiqish qobiliyatiga putur yetkazdi. AQSHning taqiqi smartfon kompaniyasi biznesiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Qayd etilishicha, “Huawei” yangi biznes yo‘nalishlarini yaratishga majbur. Shuningdek, kompaniyaning 300 millionga yaqin qurilmalari uchun foydalaniladigan o‘zining “Harmony” operasion tizimini chiqardi. O‘tgan oy oxirida ishlab chiqaruvchi OTning yangi versiyasi – “HarmonyOS 3.0”ni taqdim etdi. Tizim avvalgi iterasiyalardan yuqori unumdorlik, maxfiylik va xavfsizlik bilan farq qiladi. Uning chiqarilishi sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Iyul oyi boshida FQB “Huawei” uskunalari AQSHning maxfiy harbiy ma’lumotlarini, jumladan, mamlakat yadroviy arsenaliga oid informasiyalarni tutib olish va Xitoyga uzatishga qodirligi haqida xabar bergan edi. Bu xabar Xitoy kompaniyasining AQSH rasmiylari bilan munosabatlari yomonlashishiga olib kelishi mumkin.


Bu ham qiziq

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:21 / 10.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydas…
10:03 / 10.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!