Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro uşlandi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari viloyat Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan.
Tadbir davomida kuzatuvga olingan ikki nafar fuqaro yarim tayyor quyma oltinni xaridorga 450 million söm evaziga sotayotgan vaqtda töxtatilgan. Qimmatbaho metall aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!