Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda ayblangan moliyaçi Jeffri Epsteynning Florida ştatidagi uyiga ikki marta fotosessiya uçun yuborilganini ma’lum qildi. U agentlik rahbariyatini öz xavfsizligini ta’minlamaganlikda aybladi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Rozaning aytişiça, u AQŞga kelganidan bir oy ötib, MC2 Model Management agentligining Amerika bölimi tomonidan Epsteynning Palm-Biçdagi uyiga yuborilgan. Öşa vaqtda Epsteyn voyaga yetmagan şaxsga nisbatan jinsiy jinoyatlari uçun qamoq jazosini ötayotgan bölsa-da, unga kunduzi qamoqxonadan taşqarida işlaşga ruxsat berilgan. Roza agentlikning öşa paytdagi AQŞdagi prezidenti Jeff Fuller uning qayerga yuborilayotganidan xabardor bölganini ta’kidlagan.
Modelning sözlariga köra, fotosessiyalardan keyin Epsteyn uni yordamçisi sifatida işga olgan va muntazam ravişda jinsiy zöravonlik qilgan. Roza agentlik uni himoya qilişi kerak bölganini, biroq aksinça, xavf ostida qoldirganini bildirgan.
BBC jurnalistlari Jeff Fuller tomonidan Rozaning Palm-Biçdan qaytiş çiptasi bron qilinganini körsatuvçi xarajatlar hisobotini ham aniqlagan. Biroq Fuller avvalroq modelning Epsteyn uyiga borişidan xabari bölmaganini aytgan. U BBC’ning keyingi savollariga javob bermagan.
Suriştiruv davomida AQŞ Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan hujjatlar ham örganilgan. Ularda MC2 agentligining kamida 10 nafar modeli Epsteyn bilan uçraşgani yoki aloqada bölgani qayd etilgan. Şuningdek, hujjatlarga köra, Epsteyn 2005-yilda agentlikka 1 million dollar bergan. Agentlik egalari esa ikki yil ötib, uning kompaniyaga aloqasi yöqligini bildirgan.
BBC suriştiruvida agentlik bilan boğliq sobiq agent Ramzi Elkolli va direktor Feyt Keytsning ham Epsteyn bilan aloqalari örganilgan. Ma’lumotlarga köra, Elkolli Epsteynga 34 nafar ayolni taniştirişga uringan. Ular orasida maktabda öqiyotgan 18 yoşli qiz ham bölgan. Keyinçalik uşbu ayol 19 yoşida Epsteyn bilan ilk uçraşuvida jinsiy tajovuzga uçraganini aytgan. Elkolli esa Epsteynning jinoiy harakatlaridan xabari bölmaganini bildirgan.
Suriştiruvda Simona (ismi özgartirilgan) ismli yana bir model ham Epsteyn tomonidan 200 martadan ortiq jinsiy zöravonlikka uçraganini ma’lum qilgan. Uning aytişiça, Epsteyn bilan 20 yoşida tanişganidan söng modellikni taşlab, uning yordamçisiga aylangan va qariyb ikki yil davomida moliyaviy hamda şaxsiy hayoti ustidan nazorat örnatilgan.
Feyt Keytsning advokatlari esa BBC’ga mijozlari Epsteyn tomonidan çalğitilganini va uning jinoiy faoliyatidan xabari bölmaganini bildirgan. Şuningdek, Keyts modellarga plastik operatsiya qilişni taklif etmaganini ta’kidlagan.
Ayni paytda Nyu-York ştati senatori Zelnor Mayri Epsteyn jinoyatlaridan xabardor bölgan yoki xabardor bölişi kerak bölgan şaxslarni ham javobgarlikka tortiş imkoniyatini kengaytiruvçi qonun loyihasini taklif qilgan.
Roza öz hikoyasini oşkor qiliş orqali boşqa jabrlanuvçilarni ham sukut saqlamaslikka çaqirgan. Uning ta’kidlaşiça, hozirgaça özi uçun adolat qaror topmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!