Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydasiga iş beruvçilardan jami 1 million 519 ming 786 rubl undiriş haqida ijobiy qarorlar qabul qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning oktabr oyida Rossiyada iş beruvçilar bilan mehnat nizosiga duç kelgan fuqarolarning har biri böyiça sud işlari körib çiqilgan.
Undiriladigan mablağ iş haqi böyiça qarzdorlik, tölovlarni keçiktirganlik uçun kompensatsiya hamda ma’naviy zarar tölovlarini öz içiga oladi.
Migratsiya agentligi xorijda işlaş davomida mehnat huquqlari buzilgan yoki iş haqini ololmagan fuqarolarni yordam sörab murojaat qilişga çaqirdi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning dastlabki töqqiz oyida xorijda işlayotgan 817 nafar özbekistonlik foydasiga iş beruvçilardan jami 850 ming AQŞ dollari undirib berilgani xabar qilingan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!