Ilon Mask kecha, 22-mart kuni Tesla’ning Yevropadagi birinchi ishlab chiqarish zavodini ochdi. Bu haqida “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda.
Kunikecha, Berlinda Tesla zavodining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu kompaniyaning to‘rtinchi gigafabrikasi va Yevropadagi birinchi zavodidir. Tadbir Ilon Maskning ishtirokisiz o‘tmagan. U eski an’anaga ko‘ra, kompaniyaning ilk mijozlari bilan biroz raqsga tushgan.
“Bu zavod uchun ajoyib kun”, deydi Mask va kompaniyaning ishga tushirilishini “barqaror kelajak yo‘lidagi yana bir qadam” deb ta’rifladi.
Maskning fikricha, yangi korxona nafaqat elektromobillar, balki akkumulyatorlarni ham ishlab chiqarish uchun asos bo‘lishi kerak.
Tesla Gigafactory Gryunheide shahrida, Berlindan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan. U Yevropa bozori uchun avtomobillar ishlab chiqaradi. Bungacha yevropaliklar elektromobillarni Amerika va Xitoydan olishgan. Yangi korxona yiliga 500 mingtagacha elektromobil ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi va 12 mingtagacha ish o‘rni yaratiladi.
“Biz ishlab chiqaradigan har bir elektromobil barqaror energiya kelajagi sari navbatdagi qadam bo‘ladi”, deydi Mask marosimda.
Tesla kompaniyasining mustaqil tadqiqotchisi Troy Teslik Twitter’da kompaniya tijoriy ishlab chiqarishdan olti hafta o‘tgach, haftasiga 1000 ta, so‘ngra 2022-yil oxirigacha haftasiga 5000 ta avtomobil ishlab chiqarishga umid bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!