$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

“Ishimdan zerikdim” deysizmi? Sababini izlaymiz!

07:18 / 30.03.2023

Hayotingizda biror marta bo‘lsa ham nima uchun aksariyat odamlar o‘z ishlaridan qoniqmay yashashlari haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Nima uchun iqtidorli oshpazlar kassa qarshisida o‘tiradi-yu iqtidorli sozanda yoshlik yillarini ofis ishlari bilan ko‘milgancha o‘tkazib yuboradi? Yana ayrim insonlar o‘zlarining hayotiy yo‘llarini bolalikdanoq aniq belgilab oladilar. Ba’zilar ish joyini huddi qo‘lqop kabi o‘zgartirsalar, yana ba’zilar o‘zining sevimli ishiga qarib qolgan paytidagina erishadi. Keling, bu holatning asl sababi nima ekanligini birgalikda ko‘rib chiqamiz. Nima uchun odamlarning hayotida aynan shunday vaziyatlar juda ko‘p uchraydi?

Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasida ko‘ra, har 1000 ta odamdan 400 tasi imkon bo‘lishi bilan o‘z ish joyini o‘zgartirish haqida reja qilib yasharkan. Sivilizatsion mamlakatlardagi holat esa undan ham ayanchli. Xo‘sh, buning asl sababi nimada?

Barchasi birda

Bir qarashda bu savolning javobi ko‘p asrlardan beri odamlarni tashvishga solib kelayotgandek. Ammo barchasi siz o‘ylaganchalik oson emas. Har bir yangi avlod vakillari, ayniqca o‘zi sevgan ishni topish umididagi yoshlar bu kabi muammoga ko‘p to‘qnash kelishadi. Mashhur motivatsion notiq va tashkilotchi konsultant Saymon Sinekning aytishicha, bugungi kunda yoshlar orasida keng tarqalgan ushbu muammo 4 tarkibiy qismdan iborat. Bular tarbiya, sabr, tashqi muhit va texnologiyalar hisoblanadi. Mazkur avlod bolalarini ota-onalari paradigma bilan katta qilishgan. Ularga boshqalardan o‘zgacha, yaxshiroq va oldinroqda ekanligi, hamisha o‘ziga kerakli narsalarni ola bilishi uqtirilgan. Ammo bu kabi insonlar ishga kirishlari bilan nima uchundir mazkur fikrlar isbotini amaliyotda, xususan rahbariyat tomonidan ko‘ra olmaydilar.


Ular ish jamoasiga qo‘shilishdan avval ota-onalari va texnologiyalar yordamida o‘zlari istagan barcha narsaga egalik qilganlar, deydi janob Saymon. Bu yoshlarda real hayotdagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yish muammosi hech qachon bo‘lmagan, ular “Ha” yoki “Yo‘q” degan javoblarni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali olishga o‘rganib qolgan. Ammo ishga kelganlaridan keyin ulardan jonli muloqot qilish, haqiqiy vazifalarni amalga oshirish va real vaqt rejimida ishlash kerak bo‘ladi. Bu esa muammo va doimiy stress sababchisiga aylanishi turgan gap. Bir narsa aniqki, jamoa bilan ishlaganda ishga bo‘lgan muhabbat va mustahkam munosabatlar tez fursatda paydo bo‘lmaydi. O‘ziga doimo yuqori baho berib kelgan yoshlar esa shu ondan boshlab o‘zlarini tog‘ning pastki qismida turgan odam kabi his qilishni boshlaydilar. Axir ularda kerakli bilim ham, sabr ham yo‘q-da. Saymon Sinekning aytishicha, ishni sevish, uni bajarishga o‘rganish, hammasini shodlik hissi bilan amalga oshirishning aslida iloji yo‘q. Bunga insonlardagi ichki nizolar halal beradi, oqibatda kishining ishdan hafsalasi pir bo‘lib, tushkunlikka tushadi, hayot ma’nosiz va nursiz bo‘lib qolgandek tuyuladi.


Guruhlarga o‘rin yo‘q

Liderlarning maqsadi - siz ishongan narsaga qattiq ishonadigan insonlar guruhidan iborat ulkan biznes yaratishdir. Agar ish uchun biror insonni yollasangiz, u shunchaki o‘z ishini qilib, bergan pulingizni oqlaydi, holos. Ammo qo‘l ostingizdagi inson siz ishongan narsalarga ko‘ngil bersa, qo‘lni-qo‘lga berib, qattiq ter to‘kib ishlashga tayyor bo‘ladi. Yoki aksincha. Siz ishlayotgan kompaniya ma’lum vaqtga kelib, inqiroz holatiga to‘qnash kelishi mumkin. Ammo lider inson sizni omadga ishontira olsa, ishning muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch hosil qilsangiz, jamoaning muhim bir qismiga aylanasiz. Bu kishiga ishonch hissini beradi, yangi kun va yangi rejalar haqida o‘ylay boshlaysiz. Biroq rahbar xodimlarga mexanizmning kichik bir vinti kabi muomala qiladigan bo‘lsa, xodimlar katta maosh va mukofotlar evaziga ishlasalar ham kun kelib o‘z ishini o‘zgartirish payiga tushib qolishadi.


Odamlar uchun ish joyida o‘zini shaxs sifatida ko‘rsata olish juda muhim. Rahbariyat tomonidan kerakli paytda va to‘g‘ri tanlangan vosita bo‘lishni esa hech kim istamaydi.


Ishda uxlab qolaman!

Tan olish kerakki, ishi o‘ziga qattiq yoqadigan insonlar oramizda juda kam bo‘lsa kerak. Har qanday kasbda, hattoki xobbilar borasida ham inson uzoqroqqa qochishni istaydigan vaziyatlar bo‘lishi aniq. Muammo hal qilinmaydigan bo‘lsa ulardan voz kechgingiz keladi. Qaysidir bir daqiqada butun ish jarayoni ana shunday vazifalardan iborat ekanligini his qila boshlaysiz. Barchasi vaqtinchalik ekanligini aytib, o‘zingizni ovutasiz. Ammo ushbu azoblar kundan-kunga ortib boraveradi.
Qiziqishning yo‘qolishi esa ishni bajara olmaslik, quvvat yetishmasligi, tushkunlik, samaradorlikning pasayishiga olib keladi. Shu tariqa odatiy ishlarni ham bajarishga qo‘lingiz bormay qoladi. Ishonch hissi susayadi. Bu kabi holatlarga esa avvaldan baho bera olish juda muhim.

Agar ishingiz azob o‘chog‘iga aylangan bo‘lsa, uni o‘tmishda qoldiring va sizga unutilgan hayot ta’mini bera oladigan yangi ish topish uchun harakat qiling.

Ayrim holatlarda ushbu ishni amalga oshirish uchun nafaqat hayot tarzi va ish jamoasi, balki ish sohasi va hattoki mamlakatni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Barchasini noldan boshlashga tayyormisiz?

 

Faqat pul deb yashaymizmi?

Insonlarning ishdagi muammolari ko‘p holatlarda iqtisodiyot bilan bog‘liq. 40 yoshgacha bo‘lgan aksariyat odamlar kelgusida ajoyib karera va katta pul egasi bo‘lishni orzu qiladilar, garchi ish ularni qiynoqqa solsa ham sabr bilan chidashga harakat qiladilar.

Shu tariqa o‘tkazilgan yillar ijodiy rivojlanish uchun emas, pul uchun sarf etilaveradi. Balki haqiqatan ham ish orqali o‘zingiz kutgan katta daromadni qo‘lga kiritarsiz. Ammo bu kabi insonlar uchun pul oddiy bir vosita emas, hayotning asosiy maqsadiga aylanib bo‘ladi-da. Oqibatda ko‘zlaringiz puldan boshqa narsani ko‘rishni istamaydi. O‘sha pulni ishlab topib, sarflagan taqdiringizda ham kutilgan lazzat va qoniqish hissini tuya olmaysiz.


Noma’lumlik tomon qo‘yilgan qadam

Bir maqsad asosida butun boshli guruhni birlashtira olgan yetakchilar juda kam, yollanma ishchilar bilan faoliyat olib boradigan rahbarlar esa nisbatan ko‘p. Uning qo‘l ostidagi odamlari aslida bundan ko‘proq narsalarga qodir ekanligini yaxshi biladi, o‘z tasavvuri orqali yorqin suratlar va ajoyib kelajak tasvirlarini yaratadi.

Ular kichik bo‘lsa-da shaxsiy ishlariga ega bo‘lishni istaydilar. Biroq bu qo‘shimcha ma’suliyat va talablarni ham olib keladi, mustaqil ravishda qaror qabul qilishga majburlaydi.

Bu kabi tajribalarning natijasini esa avvaldan bilish mumkin emas, hayot ularning hech biri uchun aniq kafolat bermaydi. Shu tariqa odamlarning aksariyat qismi o‘zlarining barqaror holatlarida qolib ketaveradilar. Ha, ish ularga yoqmadi, maoshlari ham katta emas, vaqti kelsa keragidan ko‘proq ishlashadi. Ammo tavakkal qilish, taqdirni xavf ostiga qo‘yish shart emas. Ushbu insonlar guruhi birinchi bosqichning o‘zidayoq barcha imkoniyatni qo‘ldan boy beradilar, keyingi bosqichlarda ham mag‘lub bo‘lib boraveradilar. Aql borar qilmas imkoniyatlar sohibi bo‘lish uchun avl bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirishingiz kerak.


Koinot bo‘shlig‘i


Qanchalar g‘alati eshitilmasin, mashhur psixologlar va psixiatorlar qabuliga keladigan odamlarning aksariyat qismi o‘zi uchun ishlaydigan va kattagina boylikka ega bo‘lgan insonlardir.
Ijtimoiy nufuz, bankdagi hisob raqami, shaxsiy uy, yaxta va Ispaniyadagi hashamatli villa - ularning amalga oshirilgan orzularidir. Bu kabi insonlar kichik o‘yinchoqlarni emas, ulkan mashinalarni kollektsiya qilishadi. Ammo ish davomida oxirgi bor qachon ilhom va shodlik hissini tuyganlari haqida aniq ayta olmaydilar. Bu kabi savol ularni chuqur o‘yga toldirishi ham mumkin. Muammo esa hayotning yo‘qotilgan ma’nosida bo‘lib, u allaqachon odatiy mantiq chegaralaridan tashqariga chiqib ketgan.


Pul va omad ham charchatadi

Hamon birovning qo‘l ostida ishlayotgan bo‘lsangiz, maosh, mukofot va bonuslar sizni qiziqtira olmasa, zerikarli vazifalar kundan-kunga ortib boraversa, ishga sarf etilayotan quvvatingizning aksariyat qismini ilhombaxsh ishlar uchun bag‘ishlamayotgan bo‘lsangiz, ular uchun munosib maqsad topish vaqti keldi. Oilangiz, yaqinlaringiz, do‘stlaringiz bilan ko‘proq muloqot qiling. Dam oling va hayotdan lazzatlaning. Balki barchasi bundan ham osonroq, shunchaki ishga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirishingiz kifoyadir?

Sevimli ish tushunchasi afsonami?

Kunlarning birida zamonaviy psixotahlilchi Xorst Kexelidan unga ishdagi qaysi narsa ko‘proq yoqishini so‘ragandilar. Janob Xorst esa “Men seansim boshlangan vaqtdan 15 daqiqa o‘tgan bo‘lsa ham mijozning hamon yo‘q ekanligini yaxshi ko‘raman” deya javob bergan. Aslida bu hazil emas.

Bir qator ruhshunoslar fikriga ko‘ra, professor bu borada mutlaqo haq. Ishdagi eng ajoyib narsa - ishning yo‘qligidir. Biz o‘z ishimizni ma’lum haq evaziga bajarib beramiz. Shu sababli ruhshunoslar uning sizga yoqishi shrat emasligini ham aytadilar. Ishlab topilgan pul evaziga kerakli narsalarni xarid qilish, ularni yaqinlaringizga tuhfa etish, bu orqali quvonchga erishishningg o‘zi yetarli. Ish tushunchasi esa ruhan sog‘lom odamga muhabbat tuyg‘usini bera olmasligi aniq ekan.

Agar inson o‘z ishini yaxshi ko‘rsa, bu uning ruhiy kasal ekanligidan darak berarmish. Bu mehnatsevarlik kasalligi bo‘lib, uni o‘rganib qolish va qaramlik bilan taqqoslash ham mumkin bo‘larkan.

Suv ostidagi toshlar

Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, agar inson o‘z ishini yaxshi ko‘rsa, demak hayotida katta muammolari va xatolari bor.

Nega deysizmi? Birinchidan, inson maktabni tamomlagach, kattalarga qaraydi-da, o‘ziga yoqqan biror kasb bilan mashg‘ul bo‘lish qaroriga keladi. Bu me’yoriy holat, albatta. Ammo oradan bir necha yil o‘tib tanlangan kasb yaxshi yashash uchun kerakli daromadni ta’minlay olmasa, hayotiy tushkunlik davri boshlanadi. Inson o‘zini har narsada va qilingan qarorlar borasida beto‘xtov ayblaydi, unga sevimli ishi uchun munosib pul to‘lanmayotganidan darg‘azab bo‘ladi. Ish beruvchi esa ko‘zlarini katta-katta ochib, yelkasini siqib qo‘yishdan nariga o‘tmaydi.

Ishlash jarayoni shundoq ham siz uchun yoqimli bo‘lsa, uning uchun pul to‘lashga ne hojat? Ikkinchidan, o‘zlariga tanish bo‘lgan kasbni egallagan, buning orqasidan katta daromad oladigan, ammo undan imkon qadar tezroq qutulishni istaydigan odamlar guruhi ham bor.

Barchasining sababi bitta, yoqimli ish insonga lazzat hissini beradi, ammo uning uchun yaxshi pul to‘lanmaydi.

Ana shu paytdan boshlab esa qorong‘u ko‘chadagi qora fonusni izlashga kirishasiz. Shu sababli yaqinlaringiz, do‘stlar va qarindoshlaringizga ko‘proq e’tibor bering, sayohat qiling, katta pul keltira olmasa ham shodlik hissini bera oladigan ishlar bilan mashg‘ul bo‘ling. Ammo bular uchun ham pul kerak-ku deysizmi? Shu boisdan bugun boshqalarning muammosini hal qilish evaziga mo‘maygina daromad topayotgan bo‘lsangiz, ertaga esa markaziy bozordagi savdogarlarning omadi yurishib qolganini eshitsangiz, siz ham o‘zingizni ushbu ish borasida sinab ko‘ring. Bu bizning emas, mashhur ruhshunoslarpning fikri. Orzu, shaxsiy rivojlanish, ko‘zlardagi uchqun, jamoa birligi va ijodiy parvoz-chi deysizmi? Janobi ruhshunoslar orzularni hisobga olmagan ko‘rinadilar. Pul topish uchun uchun inson o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urgancha, bor kuchi bilan harakat qilishi kerakmi yoki boriga qanoat qila bilishi? Bu o‘rinda har kimning o‘z fikri bor, albatta.

Fikringizni izohlarda yozib qoldirishni unutmang.

 

 


Foydali


														
														Telefonlarning hayotimizga va ruhiyatimizga ta’siri

Telefonlarning hayotimizga va ruhiyatimizga ta’siri

Mobil telefonlar allaqachon hayotimizning ajralmas qismiga aylanishga ulgurgan. Kun davomida bu qurilma qo‘limizda turadi.
15:23 / 23.01.2025

														
														Zumerlar aslida kim?

Zumerlar aslida kim?

Bugungi axborot davrida ko‘plab yangidan yangi atamalar paydo bo‘lmoqda yoki eski atamalar ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanis…
10:31 / 23.11.2024

														
														Temuriy malika Gulbadanbegim kim edi?

Temuriy malika Gulbadanbegim kim edi?

Temuriylar sulolasi deganda judayam katta tarix ko‘z oldimizga keladi. Temuriylar sulolasi tarixda ikkita muhim imperiya – E…
16:54 / 13.11.2024

														
														Odamlar is gazidan nega zaharlanadi?

Odamlar is gazidan nega zaharlanadi?

FVV mas’uli qanday qilib is gazidan zaharlanish yuzaga kelishi hamda u nega inson o‘limiga olib kelishini tushuntirdi.
11:02 / 09.11.2024

														
														Tabiiy mahsulotlar yordamida ona sutini ko‘paytirish mumkin

Tabiiy mahsulotlar yordamida ona sutini ko‘paytirish mumkin

Yangi oq uzum. Bir kunda ikki hissa yangi oq uzum iste’mol qilish ona sutini ko‘paytiradi.
15:18 / 02.11.2024

														
														Baliq yeyishning foydalarini bilib oling

Baliq yeyishning foydalarini bilib oling

Haftasiga 2 bo‘lak baliq go‘shti iste’mol qilganlarda o‘lim xavfi 3 martadan 1 martagacha kamayishi mumkin. Yurak kasallikla…
15:15 / 02.11.2024

														
														Ovqatni yaxshilab chaynab yeyishning foydalarini bilib oling

Ovqatni yaxshilab chaynab yeyishning foydalarini bilib oling

Taomni yaxshi chaynagan, kam chaynaganga nisbatan kam yeb-ichadi. Chunki taom quvvatini kamchiliksiz qabul qilgan bo‘ladi.
11:33 / 31.10.2024

														
														Barmoqlaringizni massaj qilib turing, chunki…

Barmoqlaringizni massaj qilib turing, chunki…

Bosh barmoq massaj qilinganda, miya faoliyati kuchayadi va bosh og‘rig‘i yengillashadi;Ko‘rsatkich barmoq massaj qilinganda …
11:10 / 28.10.2024

														
														Kundalik hayotingizda qancha miqdorda go‘sht yeyishingiz kerakligini bilib oling

Kundalik hayotingizda qancha miqdorda go‘sht yeyishingiz kerakligini bilib oling

Go‘sht iste’mol qilishning normasi turli omillarga, jumladan yosh, jismoniy faollik darajasi va umumiy sog‘lig‘ingizga bog‘l…
10:56 / 28.10.2024

														
														Ibn Sino non haqida nimalar degan edi?

Ibn Sino non haqida nimalar degan edi?

Non tuzli, yaxshi oshirilgan bo‘lishi, tandirda yaxshi pishirilishi, bir kechadan keyin yeyilishi kerak.
17:37 / 27.10.2024

Bu ham qiziq

YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

7-maydan 8-may sanasiga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar Ligasining ikkinchi yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Parij shahrida…
10:05 / 08.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonda 2025-yil aprel oyida sayyohlar soni bo‘yicha rekord qayd etildi. Bir oy ichida bir milliondan ortiq chet ellik…
09:06 / 08.05.2025
Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

2025-yil 7-may kuni soat taxminan 15:06 larda Kattaqo‘rg‘on tumani, “Qushtepa” MFYda joylashgan AYOQShda portlash yuz berdi.…
18:25 / 08.05.2025
Janubiy Koreyaning T’way Air kompaniyasi Seuldan Toshkentga parvozlarni amalga oshiradi

Janubiy Koreyaning T’way Air kompaniyasi Seuldan Toshkentga parvozlarni amalga oshiradi

Uzbekistan Airports ma'lumotlariga ko'ra, birinchi reys joriy yilning 23-mayiga rejalashtirilgan.
19:39 / 07.05.2025
O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) hakamlar akademiyasini ochdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
16:23 / 08.05.2025
O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning  8-11 may kunlari kutilayotgan yomg‘…
18:52 / 07.05.2025
Shavkat Mirziyoyev: “Oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz”

Shavkat Mirziyoyev: “Oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz”

Prezident raisligida tibbiyot sohasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
15:11 / 07.05.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi

8-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani: “Amir Temur”, “Temuriylar” hamda “Alisherobod” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 da…
14:15 / 08.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi

Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi

O‘zbekistonda bolalardagi onko-gematologik kasalliklarning yarmidan ko‘pi so‘nggi bosqichlarda aniqlanmoqda.
16:10 / 07.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!