Ispaniyaning Barselona şahri yaqinida avtobusning taxminan 20 metr çuqurlikdagi jarlikka qulaşi oqibatida 83 kişi jarohatlandi. Hodisa 2026-yil 25-oktyabr kuni Kataloniyaning Fogars-de-Monklyus hududida sodir bölgan. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, avtobus tor va burilişlari köp bölgan yöldan çiqib ketib, jarlikka qulagan. Jarohatlanganlarning yetti nafari oğir, 18 nafari örtaça darajada, 58 nafari esa yengil tan jarohatlari olgan.
Hodisa joyiga 23 ta tez yordam maşinasi va ikkita tibbiy vertolyot yuborilgan. Qutqaruvçilar, tibbiyot xodimlari hamda psixologik yordam guruhlari ham voqea joyida iş olib borgan.
Kataloniya hukumati soğliqni saqlaş vaziri Olga Pane qutqaruvçilar hodisa joyi va uning atrofini tekşirib, boşqa jabrlanganlar bor-yöqligini aniqlayotganini bildirgan. Qidiruv işlariga toğ-qutqaruv bölinmalari ham jalb qilingan.
Hozirça avtobusning yöldan çiqib ketiş sababi ma’lum emas. Hodisa yuzasidan tekşiruv olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!