Andijon viloyati Jalaquduq tumanida qorovulning iş stavkasini 0,6 dan 1 stavkaga oşirib beriş evaziga 4,5 million söm olgan maktab direktori sud hukmi bilan aybdor deb topildi. Unga beş yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan, biroq jazo şartli deb hisoblanib, ikki yillik sinov muddati belgilangan. Bu haqda “Daryo” sud hujjatlariga tayanib xabar berdi.
Sud hujjatlariga köra, 2022-yil dekabridan buyon maktab direktori lavozimida işlab kelgan N.T. 2026-yil aprel oyida R.S.ni 0,6 stavkada qorovul sifatida işga qabul qilgan. Ma’lumotlarga köra, direktor işga qabul qiliş vaqtida undan 200 dollar söragan, biroq qorovulda pul bölmagani sababli mablağ berilmagan.
20-may kuni R.S. oyligi kamligini aytib, iş stavkasini oşirişni söragan. Direktor buning evaziga 4,5 million söm berişi kerakligini, aks holda uning örniga boşqa xodimni işga olişi mumkinligini bildirgan. Şundan söng qorovul Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati boşqarmasiga murojaat qilgan.
21-may kuni DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tezkor tadbir ötkazgan. Qorovul maktab hududidagi qorovulxonada direktorga kimyoviy işlov berilgan 4,5 million sömni topşirgan. Keyinçalik pul direktorning Tracker avtomobili qölqop qutisidan aşyoviy dalil sifatida olingan.
Sudda N.T. aybiga iqror bölgan, biroq qorovuldan pul talab qilmaganini, mablağni maktabga homiylik sifatida olişni taklif qilganini bildirgan.
Jinoyat işlari böyiça Qörğontepa tuman sudi N.T.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topgan. U ikki yil muddatga davlat yoki davlat iştirokidagi taşkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilingan. Beş yillik ozodlikdan mahrum qiliş jazosi şartli deb hisoblanib, ikki yillik sinov muddati belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!