Prezident Şavkat Mirziyoyev birlamçi tibbiy yordam sifatini oşirişga qaratilgan yangi tizim kelasi yildan yana 100 ta tumanda joriy etilişini ma’lum qildi. Hozirda uşbu model 28 ta tumanda sinovdan ötkazilgan.
“Doim aytaman, birlamçi böğin qança yaxşi işlasa, xalqimiz şunça soğlom böladi”, — dedi davlat rahbari.
Yangi tizim doirasida sinov ötkazilgan tumanlardagi 7 million nafar aholi oilaviy şifokorlarga nomma-nom biriktirilgan. Şuningdek, şifokorlar va fuqarolarning vazifa hamda majburiyatlari özaro bitimlarda belgilangan.
Tizimni takomillaştiriş maqsadida yangi laboratoriyalar işga tuşirilgan, şifokor va hamşiralar öqitilgan hamda bemorlarning tibbiy muassasalarda harakatlaniş tartibini belgilovçi “bemor marşruti” işlab çiqilgan. Bu özgarişlar poliklinikalarga aholi işonçini oşirişga xizmat qilgani qayd etildi.
Bundan taşqari, kafolatlangan paket doirasida ambulator bemorlarga 69 turdagi dori vositasi bepul berilmoqda. Kelasi yildan yangi tizimni yana 100 ta tumanda joriy etiş rejalaştirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!