The Times of Israel’ning xabar berishicha, Isroil Mudofaa armiyasiga (SAXAL) G‘azo sektoridagi qurolli operatsiyani “minimal darajaga” qisqartirish buyurilgan.
“Tunda Isroil harbiy rahbarlarining favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilgach, Bosh shtab boshlig‘i AQSh prezidenti Donald Trampning asirlarni ozod qilish rejasi amalga oshirilishiga tayyorgarlikni kuchaytirishni buyurdi”, – deb yozdi SAXAL o‘z Telegram’dagi sahifasida.
Shu bilan birga, SAXAL operatsion vaziyat inobatga olingan holda barcha qo‘shinlar yuqori darajadagi jangovar shaylikni va hushyorlikni saqlashi, har qanday tahdiddan tezda himoyalanish uchun tayyor bo‘lishini bildirgan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi ham AQSh prezidentining G‘azo sektori bo‘yicha rejasini birinchi bosqichini darhol amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!