Ertaga, 23-iyun kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi turi doirasida O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Toshkent metropolitenining ish vaqti uzaytirildi. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi bahsi soat 22:00 da boshlanadi. Uchrashuv tufayli poytaxtda yo‘lovchilar oqimining ortishi kutilmoqda.
Shu sababli Toshkent metrosining barcha yo‘nalishlarida poyezdlar harakati bir soatga uzaytirilib, metropoliten yo‘lovchilarga soat 01:00 ga qadar xizmat ko‘rsatadi. Ma’lumot uchun, 18-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Kolumbiya uchrashuvi munosabati bilan ham mamlakatdagi qator davlat tashkilotlarida ish kuni soat 10:00 dan boshlangan edi. Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi dastlabki uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazib, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!