Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida avtobus va piyoda ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 21-iyun kuni soat 21:00 atrofida Shota Rustaveli ko‘chasida yuz bergan. 38-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan “King Long” rusumli avtobus Janubiy vokzal tomonga ketayotgan vaqtida tartibga solinadigan piyodalar o‘tish joyidan svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida yugurib o‘tgan 2000-yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan. Qayd etilishicha, avtobus haydovchisi zudlik bilan transport vositasini to‘xtatib, jabrlanuvchini tez tibbiy yordam mashinasida 16-sonli Respublika shoshilinch tibbiy yordam markaziga yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirish ishlari olib borilgan. Mutasaddilar yo‘l harakati ishtirokchilarini yo‘llarda yanada ehtiyotkor bo‘lishga va qoidalarga qat’iy rioya etishga chaqirmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!