WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov 30-oktyabr kuni Toshkentda ozarbayjonlik bokschi Seymur Isayevga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Madrimov va Isayev o‘rtasidagi jang Toshkentdagi “Humo Arena”da bo‘lib o‘tadi.
Madrimov 2024 yil mart oyida Magomed Qurbonovni beshinchi raundda texnik nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Terens Krouford va Virjil Ortisga qarshi janglar o‘tkazgan. 2026 yil yanvarida ringga qaytgan bokschi Luis David Salazarni ochkolar hisobida mag‘lub etgan.
Seymur Isayev chap qo‘lda jang qiladigan bokschi bo‘lib, professional ringdagi nokautlari bilan tanilgan. U UBO versiyasi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan.
Madrimov professional faoliyati davomida WBA Inter-Continental va IBF Inter-Continental mintaqaviy chempionlik kamarlarini ham qo‘lga kiritgan. Havaskorlar o‘rtasida esa 2017 yilgi Osiyo chempionati va 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan. 2014 yilgi Osiyo o‘yinlarida 75 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!