Isroil Misrning mahbuslar almashinuvi evaziga G‘azoning blokirovka qilingan sektorida vaqtincha sulh tuzish taklifini rad etdi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.
Isroil hukumatidagi vazirlarning aksariyati Misr taklifini qo‘llab-quvvatlamoqda, ammo Bosh vazir Benyamin Netanyaxu bu taklifga qarshi chiqqan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Netanyaxu “mahbuslarni almashtirish bo‘yicha muzokaralar faqat G‘azoga hujumlar davom etishi sharti bilan bo‘ladi”, deb aytgan.
Shuningdek, “Keyingi 10 kun ichida vaqtinchalik sulhni doimiy sulhga aylantirish bo‘yicha muzokaralar olib boriladi”, – degan Misr prezidenti.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!