Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning asosiy maqsadi XAMAS salohiyatini yo‘q qilish, garovga olinganlarni qaytarish va 7-oktyabr voqealarining takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Biroq, u AQSh ma’muriyati, shu jumladan Jo Bayden, Rafahga Isroil kuchlarining kiritilishiga qarshi chiqqanligini va hatto qurol yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilganini ta’kidladi. Shunga qaramay, Isroil tahdidlarni e’tiborsiz qoldirdi va operatsiyani davom ettirmoqda.
“Hizbulloh”ga qarshi Shimoliy frontda Netanyaxuga uchta harakat ssenariysi taklif qilingan, ammo u to‘rtinchisini tanlagan. Bu tanlov guruhning raketa salohiyatini yo‘q qilishdan iborat.
Uning ta’kidlashicha, Isroil “Hizbulloh”ning raketalar zaxirasini 80 foizgacha yo‘q qilgan. Shu bilan birga, u guruhning hali ham xavfli qurollarga ega ekanligini tan oladi.
Bosh vazir, shuningdek, ularning strategiyasi “Hizbulloh”ga harbiy imkoniyatlarini tiklash uchun yo‘l qo‘ymaslik va buning oldini olish maqsadida Suriya orqali qurol yetkazib berishni to‘xtatish ekanligi aytgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!