Bu haqda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili ma’lum qildi.
Jozep Borrel bu maqsadga “kutilganidan bir necha oy kechroq” erishilganini aytib o‘tgan. Dastlab Bryussel 2024-yil mart oyi oxirigacha Ukrainaga bir million artilleriya snaryadlarini yetkazib berishni rejalashtirgan edi. Biroq belgilangan muddatga kelib, rejaning yarmidan bir oz ko‘prog‘i bajarilgan.
“Biz Kiyevni snaryadlar bilan ta’minlashda davom etamiz, chunki Rossiya KXDR va Erondan katta miqdorda o‘q-dorilar va raketalarni olishda davom etmoqda”, — degan Borrel.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!