$
12955.26 UZS
-6.75
126.44 UZS
0.42
13327.08 UZS
-38.05
Kechasi

Issiqxonachilarga yengillik berish bo‘yicha Prezident qarori imzolandi

09:01 / 03.11.2022

Issiqxonachilarga yengillik berish bo‘yicha Prezident qarori imzolandi.

Unga ko‘ra, endilikda issiqxona xo‘jaliklari tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmagani uchun 6 oy davomida qo‘shimcha ustama (penya) to‘lamaydi.

Qarorda keltirilishicha, ushbu tartib, istisno tariqasida, 2022-yil 1-oktyabrdan 2023-yil 1-aprelgacha amal qiladi.

Bundan tashqari, issiqxona xo‘jaliklari tijorat banklaridan olgan kredit va ularning foizlarini mahsulot pishib-yetilgan davrda to‘lab berishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, xalqaro moliya institutlari, maqsadli jamg‘armalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun ajratilgan milliy va xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytarish muddatlarini umumiy hisobda 14 yil etib belgilash va imtiyozli davrini 3 yildan 5 yilgacha uzaytirish (muddati o‘tgan asosiy va foiz qarzdorliklarini kredit davriga mutanosib ravishda uzaytirish). Bunda, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan avval taqdim qilingan kafillik va kredit foizlari kompensasiyalari saqlanib qoladi.

Mazkur imtiyozlar issiqxona xo‘jaliklari moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha respublika ishchi guruhining o‘rganish natijalariga ko‘ra shakllantirilgan ro‘yxat asosida taqdim etiladi.

Shuningdek, issiqxona xo‘jaliklarini aylanma mablag‘ (urug‘lik, ko‘chat, o‘g‘it, kimyoviy vositalar, issiqxona materiallarini sotib olish va isitish xarajatlari uchun) bilan ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan bir yil muddatga olti oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.

Issiqxona xo‘jaliklarida eksportbop mahsulot yetishtirishga talab etiladigan aylanma mablag‘lar uchun xorijiy valyutadagi bank kreditlari Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan yillik 4 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) ajratiladi. Bunda, kredit ta’minoti sifatida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi sug‘urta polisi qabul qilinadi va sug‘urta mukofoti xarajatlarining 75 foizi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.


Bu ham qiziq

Turkiyada alkogoldan zaharlanib vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 17 nafarga yetdi

Turkiyada alkogoldan zaharlanib vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 17 nafarga yetdi

2025-yil 17-yanvar kuni Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida yana 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi (barc…
15:04 / 18.01.2025
Pokiston sudi Imron Xon va uning rafiqasiga hukm chiqardi

Pokiston sudi Imron Xon va uning rafiqasiga hukm chiqardi

Pokiston sudi ayni paytda qamoqda bo‘lgan mamlakatning sobiq bosh vaziri Imron Xonga korrupsiya ishi bo‘yicha 14 yillik qamo…
19:24 / 17.01.2025
Dvalishvili va Nurmagomedov o‘rtasidagi chempionlik jangi to‘liq davom etdi

Dvalishvili va Nurmagomedov o‘rtasidagi chempionlik jangi to‘liq davom etdi

AQShning Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahrida o‘tkazilayotgan UFC 311 turnirining ikkinchi asosiy jangi yakuniga yetdi.
10:55 / 19.01.2025
Baxtiyor Saidov Mo‘g‘uliston TIV rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi

Baxtiyor Saidov Mo‘g‘uliston TIV rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Mo‘g‘uliston TIV rahbari Batmunx Battsetseg bilan telefon orqali suhbat o‘t…
18:57 / 17.01.2025
Maxachev Moykanoni taslim etdi

Maxachev Moykanoni taslim etdi

AQShning Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahrida o‘tkazilayotgan UFC 311 turnirining markaziy jangida yengil vazn toifasi c…
11:19 / 19.01.2025
Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi

Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi

Ushbu tadbirga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi delegatsiyasi YUNESKOning…
18:22 / 18.01.2025
Rossiya kuchlari Kiyev va Zaporojyega hujum qildi

Rossiya kuchlari Kiyev va Zaporojyega hujum qildi

Kiyev harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenko 18-yanvar kuni tongda Rossiyaning shaharga qilgan hujumi oqibatida kamida t…
14:22 / 18.01.2025
Jizzaxdagi kafeda mushtlashganlarning ishi prokuraturaga yuborildi

Jizzaxdagi kafeda mushtlashganlarning ishi prokuraturaga yuborildi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahridagi ovqatlanish shoxobchasida mushtlashuv ro‘y berganligiga oid videotasvirlar …
10:38 / 18.01.2025
Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilandi

Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilandi

Dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish Hu…
16:57 / 18.01.2025
18-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

18-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 4-6 daraja iliq bo‘ladi.
22:57 / 17.01.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!