Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijdan qiymati 63,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 278 mingta kondisioner import qilingan.
Qayd etilishicha, konditsioner importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 81,6 mingtaga oshgan.
2022-yilda xorijdan xarid qilingan mazkur maishiy texnika vositasining 263,2 ming donasi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston 10 oy mobaynida eng ko‘p kondisioner import qilgan davlatlar:
Xitoy – 263,2 ming dona;
Turkiya – 6,9 ming dona;
Fransiya – 1,1 ming dona;
Ispaniya – 1,0 ming dona;
Italiya – 827 dona;
Koreya – 805 dona;
BAA – 795 dona;
Rossiya – 429 dona.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!