Gollivud yulduzi Jorj Kluni “Flesh” filmida Betmen rolini ijro etishi mumkin. Bu haqida “The Weekly Planet” dasturida maʼlum qilindi.
Loyiha treyleri bir necha hafta avval taqdim etilgan boʻlib, unda Ezra Miller Barri Allen (Flesh) roliga qaytgan. Shuningdek, treylerda 2013-yili Genri Kavill ishtirokida suratga olingan “Poʻlat odam” filmidan kadrlar ham namoyish etilgan.
Film syujetiga koʻra, bosh qahramon uzoq yillar avval oʻldirilgan onasini qutqarish uchun oʻtmishga qaytishga harakat qiladi. Vaqt shkalasining oʻzgarishi esa vaziyatni yanada ogʻirlashtirib yuboradi.
Film taqdimoti 2023-yilning 16-iyun sanasiga rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!