$
12145.65 UZS
3.71
164.33 UZS
1.7
14268.71 UZS
-21.14
31° Kechasi 18°

"Kibrdan kelgan jazo": hiylaga aldanib, boshsiz qolgan Shayboniyxon (2-qism)

17:32 / 26.05.2022

“Mamlakatni bir chetidan musodara qilmoq kerak, shunda u qoʻradagi qoʻydek bir yerga jamlanadi”. Shayboniyxon ham parchalanib ketgan temuriylar davlatini bir chetdan egallay boshladi. Qisqa vaqt ichida parokanda davlatning yagona hukmdoriga aylandi.

Kuni kecha eʼlon qilingan “Temuriylarni tugatib, Movarounnahrni birlashtirgan xon. “Koʻchmanchi” deya kamsitilgan Shayboniyxon hayoti” nomli maqolamizda Shayboniyxonning yoshligi, bobosi Abulxayrxon vafotidan keyin parokanda boʻlib ketgan qabilalarni birlashtirishi va Movarounnahrga qilgan dastlabki yurishi haqida maʼlumot bergan edik. Galdagi tarixiy faktlarga asoslangan maqolamizda Shayboniyxonning Toshkent, Fargʻona va Hirotni egallashi hamda Shoh Ismoil bilan boʻlgan toʻqnashuv haqida soʻz yuritamiz.

Temuriylarga kuyov boʻlgan Shayboniyxon

1501-yilning bahorida Shayboniyxon ikkinchi bor Samarqandga yurish qildi. Saripul yaqinida Bobur askarlari magʻlubiyatga uchrab, shaharga chekindi. Xon shaharni qamalga oldi. U qoʻshinga besh olti kun dam bermoqchi boʻldi. Zarafshon, Koʻhak va Siyob daryolarining boʻylarida minglab chodirlar qad rostladi. Son-sanoqsiz doshqozonlar osildi. Qassoblarning qoʻli-qoʻliga tegmay, gʻolib askarlar sharafiga oʻnlab tuya, ot, hoʻkiz, yuzlab qoʻylar soʻyishdi. Karnay-surnay ovozi falakni larzaga keltirar edi.

Shayboniyxonning oʻn ikki qanotli xos ipak chodiri Zarafshon sohilidagi koʻm-koʻk oʻtloq qirga tikilgandi. Chodir tepasida xonning ulugʻvor yashil tugʻi xirpirab turgan edi. Tugʻning qoq belida qanotlarini keng yozib, parvozga shaylangan bahaybat burgut tasviri tushirilgandi. Burgut Shayboniyxon davlatining ramzi edi. Samarqandni qoʻlga kiritmay turib Shayboniyxon oʻzini yakka hukmdor deb eʼlon qilolmasdi.

Shayboniyxon ulugʻ Samarqandni vayron qilmaslik uchun shaharni qamal qilib, Boburni ogʻir vaziyatga tushirdi. Xon Bobur Mirzoning opasi Xonzoda begimga oshiq edi. Hatto, Shayboniyxon uning nomiga sheʼrlar yozgandi.

Qamal vaqtida Shayboniyxon Boburga shaharni tinch yoʻl bilan topshirish haqida taklif yubordi. Taklifga binoan Bobur opasi Xonzoda begimni Shayboniyxonga uzatishi kerak edi. Bobur Mirzo bu taklifga rozi boʻlmaydi. Lekin Xonzoda begim taklifni qabul qilgach, Bobur rozilik beradi. Shayboniyxonning qoʻsh xotini boʻlib, ular tan mahramlari edi. Xonga esa nazmu navoning qadriga yetadigan, ilmu irfonda kamol kasb etgan dil mahram kerak edi. Bundan tashqari Shayboniyxon bobosi Abulxayxon singari temuriylarga kuyov boʻlish istagi ham boʻlgan. Xonzoda begim 1501-yilda Shayboniyxondan Xurramshoh ismli oʻgʻil koʻradi.

Parchalangan saltanatning qayta tiklanishi

Muhammad Shayboniy oʻzini Amir Temur davlatining vorisi hisoblagan. Ayni shu sababdan u mamlakat boshqarishda Sohibqirondan ibrat oladi. Shayboniyxon 1503-yilda Sirdaryoning yuqori tomoniga yurish qilib, Mahmudxon, Ahmadxon va Bobur boshchiligidagi moʻgʻullar, ularning ittifoqchilari boʻlgan qalmoqlarning birlashgan kuchlariga duch keldi. Arxiyon shahri yonida boʻlgan shiddatli jangda ularni tor-mor keltirib,Toshkent va Shohruxiya shaharlarini ishgʻol qiladi. Bu shaharlar hokimligiga amakilari Koʻchkunchi sulton bilan Suyunchxoʻjani tayinladi.

1504-yilning bahorida Fargʻona ishgʻol qilindi. Samarqand shahri  Shayboniyxon davlatining poytaxti etib belgilandi. Shundan soʻng Shayboniyxon ishgʻol qilgan hamma viloyatlarga qarindosh urugʻlaridan yoki oʻzbek qabilalarining yuqori tabaqa vakillaridan hokimlar tayinlaydi.

Shayboniyxon Movarounnahrda oʻz ahvolini yaxshilab olganidan keyin 1504-yilda Xusravshoh hukmronlik qilib turgan Qunduz shahrini boʻysundirdi, soʻngra Xuroson va Xorazm sultoni Husayn Boyqaro davlatini zabt etishga hozirlik koʻrdi. 1504-yilda Shayboniyxon Buxorodan Xorazmga yurish boshladi. Oʻn oy davom etgan qattiq va shiddatli qamaldan keyin 1505-yilning avgust oyida Urganch egalladi.

1506-yil 5-may kuni Xurosonning yakka hukmdori Husayn Bayqaro ogʻir xastalikdan soʻng vafot etdi. Taxt uchun Bayqaroning ikki oʻgʻli Badniuzamon bilan Muzaffar Mirzo jon olib, jon berib kurashdi. Natijada mamlakat parokandalikka yuz tutdi. Oʻsha yilning kuzida Shayboniyxon otining boshini Hirot sari burdi. Maʼlumotlarga koʻra, uning lashkari 200 ming atrofida boʻlgan. 1507-yil may oyining boshlarida Shayboniyxon Hirotni ishgʻol qiladi. 20-may kuni Jome masjidida Shayboniyxon nomiga xutba oʻqildi. U Movarounnahr va Xurosonning yagona hukmdori deb eʼlon qilindi. 

Shayboniyxon va sulolasi hukmronligi davrida Samarqand va Buxoroda obodonchilik ishlari, hozirgi kunimizgacha yuksak milliy meʼmorchiligimiz namunalari hisoblangan koʻplab binolar tiklanadi. Bundan tashqari Shayboniyxon olim va ilm ahli bilan doim suhbatlashib turgan.

Kibrdan kelgan jazo

Shayboniyxon saltanatining sarhadlarini sohibqiron Amir Temur zabt etgan yerlarni tasarrufiga kiritishni orzu qilardi. Bu vaqtda Xurosonning yarmi, Iroq, Ozarbayjon Shoh Ismoil Safaviy qoʻl ostida edi. Ismoil shialar sardori, takabbur, ayyor, oʻtaketgan mutaassib bir shaxs boʻlgan. U sunniylarni oʻzicha gʻayridin deb sanar, shia mazhabiga til tekkizganlarni ayovsiz qatli om qilishdan qaytmasdi. Maʼlumotlarga koʻra, Shoh Ismoil Hirotni olganida shahar shayxulislomi Sayfuddin Ahmadni huzuriga chorlaydi. U shayxulislomga jamoat oldida sunniylarni laʼnatlab, shialarni olqishlashni buyuradi. Shayx buni rad etadi. Shunda Shoh Ismoil shayxni daraxtga bogʻlab, oʻt qoʻydiradi.

Safaviylar va Shayboniylar necha yildirki, oʻzaro qattol raqib edi. Shoh Ismoil shialik tariqatini tarqatish maqsadida Movarounnahr hududiga hujum qilib turardi. Shayboniyxon esa “qizilbosh”larni rasuli akramni malomat qilganini kechirolmaydi. U Imomi zamon, xalifa-ul rahmon sifatida sunniylar sharafini yoʻqlashni oʻziga farz deb sanaydi.  Shoh Ismoil puxta harbiy tayyorgarlik koʻrib olish uchun urushni ortga surishga harakat qiladi. Shu niyatda u Shayboniyxonga sulh taklif qildi. Elchilar Shayboniyxonga Shoh Ismoilning maktubini topshirishadi. Maktubda shunday yozilgan edi:

“Koʻp zamonlardan beri oʻrtadagi ahdnomaga amal qilib, yaxshi qoʻshnichilik rasmini ado etib keldik. Koʻngildagi kelishmovchilik chang-gʻubori koʻtarildi. Ikkala tarafda gina-kudurat qolmadi. Magar siz tarafdan otaliq qoidasi muvofiq koʻrilsa, biz tomondan ham farzandlik yoʻrigʻi bajo keltirilgay, inshoolloh”.

Shayboniyxon Shoh Ismoilning makkorligini xoʻb bilardi. Xon javob xati yozib elchilar qoʻliga tutqazadi. Unda shunday yozilgan edi:

“Sen oʻzingni kimga tenglashtirmoqchi boʻlgansan? Sen kimu men kim, oʻylab koʻr! Men Chingiziylar  avlodidanman. Sulton Abulxayirxon nabirasiman. Har bir kishi otasining hunarini qilishi kerak. Otang kim edi, bilarsan. Darveshlar darveshi, qalandar! Esingdan chiqqan ersa, ota kasbini davom ettir, deb senga uch narsa yubordim. Qashkul, aso, janda. Hali ham kech emas, bidʼatdan yuz oʻgir, Haq Mustafo yoʻliga kir, shunda tangrim gunohlaringni kechirgay, Alloh akbar!”

Xalqda “achchiq danak ekib, shirin meva kutma”, degan maqol bor. Tez orada Shayboniyxonning yozgan xatiga javob keldi.

“Har bir oʻgʻil otasining hunarini qilishi kerak deb yozipsan. Unday boʻlsa, Odam alayhissalomning hamma avlodlari paygʻambar boʻlishi kerak edi. Valekin, Alloh Taolo suygan bandalarini nabiy qilib tanladi. Sen Chingiziyman, deb kerilma. Xon naslidan boʻlsang-da, qilichimizning kuchini urush maydonida sinashamiz. Oyogʻim oʻzangida. Senga duk bilan charx yubordim. Hadding sigʻsa, qarshimga chiq, chiqa olmasang, charxni yigirib oʻtiraver”.

Shoh Ismoil

Aldangan Shayboniyxon

Maktubni oʻqib Shayboniyxonning vujudi oʻt boʻlib yondi, koʻzlari qonga toʻldi. Shoh Ismoil charx va duk yuborib, uni zaifalar qatoriga qoʻshgan edi. Shundan soʻng Shayboniyxon qoʻl ostidagi askarlarini toʻplab, zudlik bilan jangga tayyorgarlik koʻra boshladi. Bu vaqtda shoh Ismoil oʻttiz minglik qoʻshini bilan Marvga yetib kelgan edi. Shayboniyxonning askari oz boʻlib, Ubaydullaxon bilan Temur Sulton Buxorodan qirq minglik lashkar bilan yoʻlga chiqqan edi. Biroq Shayboniyxon “bu urush mol-mulk uchun emas, iymon uchun, sunniylar maqomi uchun boʻlajak” deb jangga otlandi. Marv yaqinidagi Murgʻob daryosi boʻyida katta toʻqnashuv yuz beradi. Har ikki tomondan minglab askarlar shahid boʻladi. Oxir-oqibat Shoh Ismoil hiyla yoʻliga oʻtadi. U goʻyo magʻlub boʻlganidek, jang maydonini tark etadi. Shayboniyxon bundan ruhlanib, safaviylarni quvishga tushadi. Ammo aldanganini kech anglaydi. Shoh Ismoil lashkari Shayboniyxon lashkarini har tomondan oʻrab oladi. Barcha oʻzbek sarkardalar qirib tashlanadi. Xonning oʻzi ham jang maydonida shahid boʻladi. Safaviylar uning jasadini topib, boshini tanasidan judo qiladilar. Bu voqea 1510-yil 12-dekabr kuni yuz beradi.

Zaki Validiy Toʻgʻonning yozishicha, shoh Ismoilning buyurigʻi bilan Shayboniyxonning bosh suyagidan sharob qadahi yasaladi va u oltin bilan bezatilib, Misr sultoni Falajga sovgʻa sifatida yuboriladi. Chunki Falaj ham Shayboniyxon singari sunniy mazhabida boʻlib, uni qattiq sevar edi.

Samarqanddagi Baland Sufa

Xonning tanib boʻlmas, boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland Sufaga dafn qilinadi. Baland Sufa Registon maydonida Tillaqori va Sherdor madrasalari oʻrtasidagi burchakda joylashgan boʻlib, u yerda keyinroq boshqa Shayboniylar ham dafn etilgan. Shayboniyxon taqdiridan xabardor boʻlgan Bobur Mirzoning qalbida shoh Ismoil yordamida Movarounnahrni qaytadan egallash umidi paydo boʻladi. Hatto, Bobur Samarqandni soʻnggi marta qoʻlga kiritgach, shoh Ismoil nomiga xutba oʻqitib ,shia imomlari nomi bitilgan tanga zarb ettiradi. Biroq ayni shu ish Movarounnahr aholisining temuriy shahzodadan koʻngli qolishiga, maʼlum taʼsir kuchga ega ulamolarning undan yuz oʻgirishiga olib keladi. Shundan soʻng Shayboniyxon asl musulmonlar, yaʼni sunna mazhabidagi musulmonlarning boshligʻi va ularning himoyachisi sifatida har tomonlama qoʻllab-quvvatlanadi.


Qiziqarli


														
														JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

Bu ko‘rsatkich 2022-yil Qatar chempionatiga nisbatan 1,1 foizga yuqori bo‘lsa-da, umumiy ta’sir dinamikasi pasayib borayotga…
18:04 / 21.03.2026

														
														“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

2025-yili “Safia” brendi ostida faoliyat olib boruvchi “Madina-Qandolat” MChJ 1,2 trln so‘m daromad oldi. Bu haqda iHamkor.u…
15:39 / 19.03.2026

														
														Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Tadqiqotda insonlarning hayotdan qoniqish darajasi, ishonch, xavfsizlik va kelajakka ishonch kabi omillar baholangan. Mutaxa…
08:29 / 04.02.2026

														
														ChatGPT Yaponiyadagi kirish imtihonida eng yuqori ballni to‘pladi

ChatGPT Yaponiyadagi kirish imtihonida eng yuqori ballni to‘pladi

Bu haqda SI tizimlarini taqqoslagan LifePrompt kompaniyasi hisobotida qayd etilgan.
16:04 / 22.01.2026

														
														ChatGPT’ning bepul versiyalarida reklamalar paydo bo‘ladi

ChatGPT’ning bepul versiyalarida reklamalar paydo bo‘ladi

OpenAI kompaniyasi ChatGPT chatbotining bepul versiyasi va Go modeliga reklama kiritilishini e’lon qildi. Bu haqda OpenAI ra…
14:17 / 18.01.2026

														
														2026-yilda dunyoning eng boy insonlari ro‘yxati e’lon qilindi

2026-yilda dunyoning eng boy insonlari ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyoning eng boy 20 nafar milliarderining jami sarmoyasi taxminan 3,8 trillion dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich dunyod…
15:45 / 15.01.2026

														
														Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Ma’lum bo‘lishicha, yangi funksiya ChatGPT’ni kundalik vazifalarni hal qilishda universal ilovaga aylantirishga qaratilgan n…
17:22 / 14.01.2026

														
														Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Endi foydalanuvchilar Alisaga o‘zbek tilida savol berishlari mumkin va u ruscha yoki o‘zbekcha javob bera oladi.
09:45 / 24.09.2025

														
														Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025

														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalar ustidan nazorat kuchaytiriladi

O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalar ustidan nazorat kuchaytiriladi

O‘zbekistonda bank tizimi orqali amalga oshiriladigan yirik pul o‘tkazmalar bo‘yicha monitoring kuchaytirilmoqda.
15:07 / 12.05.2026
Toshkentda kuchli yomg‘irdan keyin daryoda qolib ketgan baliqchi qutqarildi

Toshkentda kuchli yomg‘irdan keyin daryoda qolib ketgan baliqchi qutqarildi

Toshkent shahar FVBB qutqaruvchilari tomonidan fuqaroning hayoti saqlab qolindi.
09:16 / 11.05.2026
AQSh aeroportida dahshatli hodisa: erkakni samolyot urib yubordi

AQSh aeroportida dahshatli hodisa: erkakni samolyot urib yubordi

AQShda samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida odam urib yubordi.
18:02 / 10.05.2026
Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida voyaga yetmagan bola o‘yinchoq avtomobilda katta yo‘lga chiqib, harakatdagi transport …
15:20 / 09.05.2026
FVV qutqaruvchilari Surxondaryo tog‘larida adashib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi

FVV qutqaruvchilari Surxondaryo tog‘larida adashib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi

FVV qutqaruvchilari Vaxshivor tog‘larida adashib qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatdi
17:01 / 11.05.2026
Buxoroda 40 nafar bolani olib ketayotgan avtobus haydovchisi mast ekanligi aniqlandi

Buxoroda 40 nafar bolani olib ketayotgan avtobus haydovchisi mast ekanligi aniqlandi

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Romitan tumanida 40 nafar bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtobus haydov…
09:50 / 11.05.2026
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida Qatarda o‘tkaziladigan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida Qatarda o‘tkaziladigan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogidagi navbatdagi g‘alabasi orqali 2026-yilgi Jahon chempionati ishtirokchisiga ayl…
13:04 / 11.05.2026
Surxondaryo xalqi, endi ozodsan!

Usmon Azim Yangi O‘zbekiston haqida katta maqola yozdi

Surxondaryo xalqi, endi ozodsan! Usmon Azim Yangi O‘zbekiston haqida katta maqola yozdi

Dunyoning qayeridadir adolatsizlik bo‘lsa, ular buni o‘z uyida bo‘layotgandek his qiladi. Adolat g‘alaba qilgan joyda esa ko…
13:53 / 12.05.2026
Surxondaryodagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryodagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi oziq-ovqat bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi.
14:48 / 10.05.2026
Lamin Yamal chempionlik paradida Falastin bayrog‘ini ko‘tardi

Lamin Yamal chempionlik paradida Falastin bayrog‘ini ko‘tardi

11-may kuni “Barcelona” jamoasi La Liga chempionligini nishonlash maqsadida chempionlik paradini tashkil qildi.
10:53 / 12.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!