$
11979.64 UZS
-41.58
167.52 UZS
-2.01
13901.17 UZS
-77.1
31° Kechasi 18°

Kiprlik aksiyadorlar O‘zbekistonga investitsiya kiritgan yuridik shaxslar “o‘ntaligi”ni boshqarmoqda

15:29 / 09.02.2022

2022 yilning birinchi oyida O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida xorijiy aksiyadorlar soni 0,4 foizga oshib, 3 147 nafarni tashkil qildi. Bu haqda “O‘zbekiston Qimmatli qog‘ozlarning Markaziy depozitariysi” davlat korxonasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, yuridik shaxslar soni 1taga kamayib 320tani, jismoniy shaxslar soni esa 14taga ko‘payib 2827tani tashkil etgan.

Shuningdek, hisobot davrida xorijiy investorlarning aksiyadorlar umumiy sonidagi ulushida o‘zgarish yuz bermadi va o‘tgan oydagi singari 0,34 foizni tashkil etdi. Aksiya chiqarilishlarining umumiy hajmidagi ulushi esa 0,03 foizga o‘sdi va 2,56 foizni tashkil etdi.

Xorijiy mulkdorlarga tegishli aksiyalarning umumiy portfeli o‘tgan oyga nisbatan 3,1 foizga ortdi va 3,99 trln.so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekiston emitentlarining aksiyalariga sarmoya kiritish bo‘yicha yetakchilikni quyida ko‘rsatilgan besh asosiy toifadagi statistik ro‘yxatlarda birinchi o‘ringa loyiq topilgan mamlakatlar – Qozog‘iston, Kipr va Rossiya egalladi:

– investitsiyalarning umumiy summasi bo‘yicha – Qozog‘iston, 1 164,4 mlrd.so‘m;

– aksiyadorlik kapitaliga sarmoya kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari soni bo‘yicha – Rossiya, 198 ta AJ;

– aksiya egalarining umumiy soni bo‘yicha – Rossiya, 1 490 ta aksiyador;

– aksiyadorlar-yuridik shaxslar soni bo‘yicha – Kipr, 41 aksiyador;

– aksiyadorlar-jismoniy shaxslar soni bo‘yicha – Rossiya, 1 462 aksiyador.

Maʼlumot uchun, aksiyadorlar-yuridik shaxslar soni bo‘yicha Kiprdan so‘ng 34ta aksiyadorlari bilan Buyuk Britaniya va Kayman orollari (Buyuk Britaniya) band qilgan.


Bu ham qiziq

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida “Hayraton — Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasining 5-sonli quruqlik porti foydalanishg…
08:47 / 23.05.2026
“Ochiq muloqot 2026”: Muammolaringizda birgalikda yechim topamiz!

“Ochiq muloqot 2026”: Muammolaringizda birgalikda yechim topamiz!

Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmo…
17:44 / 23.05.2026
22-may kuni O‘zbekiston hududlari bo‘yicha ob-havo ma’lumoti

22-may kuni O‘zbekiston hududlari bo‘yicha ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi 24–26°, …
07:05 / 22.05.2026
Endi “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi har ikki yilda o‘tkazilib, kelgusi bosqichdan unda mahalliy hokimliklar ham ishtirok etadi.

Endi “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi har ikki yilda o‘tkazilib, kelgusi bosqichdan unda mahalliy hokimliklar ham ishtirok etadi.

"Ushbu yo‘lda barchamiz birgalikda qat’iy harakat qilsak, bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etsak, ko‘zlagan baland marralarga…
12:29 / 22.05.2026
Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida “Hayraton — Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasining 5-sonli quruqlik porti foydalanishg…
08:49 / 23.05.2026
Farg‘onada media sohasi rivojiga bag‘ishlangan yirik forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada media sohasi rivojiga bag‘ishlangan yirik forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada mingga yaqin ishtirokchini jamlagan Media forum tashkil etild
10:06 / 24.05.2026
“Bunyodkor” stadioni atrofidagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi

“Bunyodkor” stadioni atrofidagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi

22-may kuni poytaxtda futbol bo‘yicha milliy terma jamoani Jahon chempionatiga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tadi.
15:32 / 21.05.2026
Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar uzoq muddatga qamaldi

Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar uzoq muddatga qamaldi

Giyohvandlik jamiyat xavfsizligi va yoshlar kelajagiga jiddiy tahdid soluvchi eng xavfli illatlardan biridir.
07:13 / 22.05.2026
23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumki…
17:51 / 22.05.2026
Ukraina hujumi Rossiyadagi yirik neft zavodining yarim quvvatini ishdan chiqardi

Ukraina hujumi Rossiyadagi yirik neft zavodining yarim quvvatini ishdan chiqardi

Rossiyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri — “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez” Ukraina dronlari hujumidan s…
14:14 / 22.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!