Endi “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi har ikki yilda o‘tkazilib, kelgusi bosqichdan unda mahalliy hokimliklar ham ishtirok etadi.
“Chunki islohotlar natijasi, avvalo, eng quyi bo‘g‘inda sezilishi kerak. Sodda qilib aytganda, agar tuman yoki shahar darajasida o‘zgarish bo‘lmasa, har qancha urinmaylik, islohotlarimiz kutilgan natijani bermaydi. Bugun biz mamlakatimizda davlat boshqaruvini takomillashtirish borasida yangi, zamonaviy bosqichni boshlayapmiz. Bu borada xalqimiz ishonadigan, inson qadrini har tomonlama ulug‘laydigan, odamlarning og‘irini yengil qiladigan eng samarali davlat tizimini yaratishga bundan keyin ham asosiy urg‘u beramiz. Ushbu yo‘lda barchamiz birgalikda qat’iy harakat qilsak, bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etsak, ko‘zlagan baland marralarga albatta erishamiz”,
– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida. Tadbirda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!