1535-yilning 10-mart kuni ispaniyalik dengizchilar tomonidan Tinch okeanida Galapagoss orollari kashf etilgan.
Galapagoss – Tinch okeanining ekvatorial qismidan sharqda, Ekvatordan 972 km gʻarbda joylashgan orollar guruhi. Arxipelagning birinchi oroli 5-10 million yil avval tektonik harakatlar natijasida paydo boʻlgani aytiladi. Galapagoss orollari Ekvadorga tegishli boʻlib, mamlakatning xuddi shu nomdagi viloyatini tashkil qiladi. Arxipelag hududida 251 ming kishi hayot kechiradi.
Galapagos orollari Panamadan Peru tomon kemada yoʻlga chiqqan ispaniyalik ruhoniy Tomas de Berlang tomonidan kashf etilgan. Arxipelag 1832-yilda Ekvador tomonidan bosib olinadi.
1936-yilda Galapagoss orollari milliy bogʻ deb eʼlon qilingan, 1978-yilda esa YUNESKOning Butunjahon meroslari roʻyxatiga kiritilgan.
Vulqonlar
Galapagoss orollarida koʻp sonli vulqonlarni koʻrish mumkin. Ammo, ularni uyqudagi beozor vulqonlar deb oʻylasangiz, qattiq adashasiz. Hududdagi oxirgi faollik 2015-yilda kuzatilgan.
Doimiy harakat
Arxipelag uchta litosfera plitasining birikkan qismiga joylashgan. Galapagoss orollarining betakror goʻzalligi ana shu tektonik plitalarning harakati tufayli yuzaga kelgan. Tektonik faollik eski orollarning okeanga choʻkib ketishi va yosh orollarning yuzaga chiqishiga sabab boʻladi.
Aholi
Galapagoss arxipelagi 13 ta yirik, 7 ta oʻrta kattalikdagi va 107 ta kichik orollardan iborat. Ularning bor-yoʻgʻi beshtasida – Santa Krus, Baltra, Isabela, San-Kristobal va Floreana orollarida odamlar hayot kechirishadi. Bu yerlik aholisining aksariyat qismi ispaniyalik mustamlakachilar va mahalliy ekvadorliklarning qoni aralashgan avlodlaridir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!