Har yilning 4-aprel sanasi dunyoning turli mamlakatlarida Butunjahon internet kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kun munosabati bilan eʼtiboringizga internet haqidagi qiziqarli faktlarni keltirib oʻtamiz.
– Bugungi kunda dunyo aholisining 4,5 milliardi internetdan foydalanadi, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining soni esa 3,8 milliarddan oshgan.
– Internet foydalanuvchilari sonining oshish koʻrsatkichi yiliga 8,2 foizni tashkil qiladi.
– Oxirgi 4 yillik vaqt ichida internet foydalanuvchilari 50 million kishiga oshdi.
– Internet saytlarining 25 foizdan ortigʻi ingliz tilida yuritiladi.
– Internet foydalanuvchilarining asosiy qismi – 2 milliarddan ortigʻi Osiyo mamlakatlari hududida yashaydi.
– Hududida 705 millionta internet foydalanuvchisi hayot kechiradigan Yevropa ushbu reytingidagi ikkinchi oʻrinda turadi.
– Aholisi orasida internet foydalanuvchilari eng kam mamlakat – Shimoliy Koreya boʻlib, bu yerda internetga bogʻlanish koʻrsatkichi deyarli nolga teng.
– Internet foydalanuvchilarining 32 foizini 25-34 yoshdagilar tashkil qiladi.
– Foydalanuvchilarning 65,9 foizi “Chrome” brauzeridan foydalanadi.
– Qidiruv tizimlari bozoridagi eng katta ulush “Google” kompaniyasiga tegishli boʻlib, bu koʻrsatkich 92,78 foizni tashkil qiladi.
– “Bing” va “Yahoo!” qidiruv tizimlarining ushbu bozordagi ulushi 2,8 va 1,6 foizga teng.
– Dunyodagi eng mashhur veb-sayt “Google.com” hisoblanadi. Ikkinchi oʻrinda esa “YouTube.com” videoxostingi turadi.
– Internet tarixidagi birinchi qidiruv tizimi – “Archie Query Form” 1990-yilda ishga tushirilgan.
– “Google” qidiruv tizimi indeksidagi maʼlumotlar hajmi 100 000 000 gigabaytni tashkil qiladi.
– Foydalanuvchilarning 4,17 milliardi internetga ulanish uchun mobil qurilmalardan foydalanishadi.
– Shimoliy Amerika hududining 75 foiz qismida yashovchi aholining mobil internetga ulanish imkoniyati mavjud.
– “TikTok” dunyodagi eng mashhur mobil ilova boʻlib, u bugungi kunga qadar 63,3 millionta qurilmaga yuklab olingan.
– Eng mashhur ilovalar reytingidagi ikkinchi oʻrin “Zoom“ga tegishli, u hozirga qadar 52,2 millionta qurilmaga yuklangan.
– Tarixdagi birinchi veb-sayt 1991-yilning 6-avgust kuni ishga tushirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!