Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Lochin yo‘lagi bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishdan bosh tortmoqda. Bu haqda KXShT bosh kotibi Stanislav Zas ma’lum qildi.
Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston Lochin yo‘lagida sodir bo‘layotgan voqealar yuzasidan KXShTga murojaat qilmagan. Zas bu masala tashkilot mas’uliyatidan tashqarida ekanligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 12-dekabrdan beri ozarbayjonlik ekologlar Xonkendi va Armaniston hududi oʻrtasidagi avtomagistralda miting oʻtkazmoqda.
Ular chodirlar o‘rnatib, Rossiya harbiy kontingenti rahbari general-mayor Andrey Volkov bilan uchrashishni talab qilishgan.
Faollar Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasi tabiiy resurslaridan noqonuniy foydalanishni to‘xtatishni talab qilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!