Markaziy bank kungaboqar yog‘ining narxidagi o‘zgarishlarga izoh berdi. Qayd etilishicha, tashqi vaziyatning keskinlashuvi nafaqat O‘zbekiston mintaqasiga, balki dunyo bozorida taʼminot zanjirlarining uzilishi va logistik tizimlarning vaqtincha to‘xtashiga olib kelmoqda.
Jumladan, Rossiya va Qozog‘istondan import qilinadigan grechka, pishloq, kungaboqar yog‘ining ishlab chiqaruvchilar tomonidan narxlarning keskin oshirilishi ichki bozorlarda ushbu mahsulotlar narxiga qo‘shimcha bosimni yuzaga keltirgan.
O‘z navbatida, kungaboqar yog‘i narxidagi o‘zgarishlar nartijasida mahalliy ishlab chiqariladigan paxta yog‘i narxi ham ko‘tarilgan.
Markaziy bank kuzatuvlariga ko‘ra, ulgurji sotuvchilarda yil boshiga nisbatan kungaboqar yog‘i 25 foizga va paxta yog‘i 12 foizga qimmatlashdi.
Maʼlumot uchun, joriy yil mart oyida oziq-ovqat narxlari 2,5 foizga qimmatlashgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!