$
11897.90 UZS
51.33
₽
140.18 UZS
1.23
€
13336.36 UZS
95.45
31° Kechasi 18°

“Mening inspektorim” mobil ilovasi ishga tushiriladi

11:06 / 07.01.2026

O‘zbekistonda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha manzilli ishlashning yangi tizimi joriy etiladi. 2025-yil 5-yanvarda qabul qilingan “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori shuni nazarda tutadi.

Jinoyatchilik darajasi og‘ir bo‘lgan mahallalar — tuman va shahar hokimlari, prokurorlar hamda ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari javobgar etib belgilanadi. Ular mahalladagi xavfli omillarni bartaraf etish va profilaktika choralarini muvofiqlashtirish uchun shaxsan mas’ul bo‘ladi.

So‘nggi besh yil davomida “qizil” toifada saqlanib qolayotgan mahallalar — Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, viloyat darajasidagi ichki ishlar organlari va hokimlik rahbarlarining o‘rinbosarlariga biriktiriladi.

Uch yildan beri “qizil” toifadan chiqmagan mahallalar bo‘yicha — huquq-tartibot idoralarining ta’lim va ilmiy tashkilotlari mas’ul qilib belgilangan. Ushbu yondashuv ilmiy tahlil va amaliy yechimlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan.

Kriminogen vaziyati eng og‘ir bo‘lgan tuman va shaharlar uchun viloyat prokurorlari hamda ichki ishlar organlari rahbarlarining birinchi o‘rinbosarlari bevosita javobgar hisoblanadi. Shu bilan birga, ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslar hamda nizoli oilalar ulushi yuqori bo‘lgan mahallalar tegishli ravishda oila va xotin-qizlar, sog‘liqni saqlash hamda adliya boshqarmalari rahbarlariga biriktiriladi.

IIO xodimlari huquqbuzarlik xabarlarini hududdan qat’i nazar qabul qiladi

Nizoli oilalar bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilishga mo‘ljallangan “E-nizoli oila” moduli joriy etiladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda fuqarolarning huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlariga tezkor javob berishning yangi tartibi joriy etiladi. Yil oxiriga qadar ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolardan kelib tushadigan og‘zaki shikoyatlarni sohasi va hududidan qat’i nazar qabul qiladi. Bu amaliyot xodimlarning planshetlari orqali real vaqt rejimida ishlaydi va murojaat tegishli bo‘linmaga zudlik bilan yo‘naltiriladi.

Noyabr oyiga qadar “Mening inspektorim” mobil ilovasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. U orqali fuqarolar mahalla profilaktika inspektorlari bilan onlayn muloqot qilishi, foto, audio, video va signal xabarlarini yuborishi hamda inspektorlar faoliyatini baholash imkoniga ega bo‘ladi.

Hujjatda qayd etilishicha, 2025-yil 3-yanvardagi qarordan so‘ng mahallalarda jinoyatchilik darajasi bir yil ichida qariyb 1,5 baravarga kamaygan. 2026-yil uchun esa kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan mahallalarda tuman va shahar hokimlari, prokurorlar hamda IIB rahbarlari bevosita mas’ul etib belgilangan.

Jamoat joylarida huquqbuzarliklarni oldini olishda axborot-kommunikatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng qo‘llash, mojaroli oilalar bo‘yicha ma’lumotlarni sudlar o‘rtasida integratsiyalashtirilgan elektron tizim orqali monitoring qilish vazifalari ham belgilandi.

 


O‘zbekiston


														
														Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoyning Xenan provinsiyasida restoranlar tarmog‘i rahbari Ma Yanli yuqori natijalarga erishgan xodimlariga BMW rusumli avt…
15:49 / 10.10.2026

														
														Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida akademik ta’til olish uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berishni va’da qilib, 500 A…
13:03 / 10.10.2026

														
														Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi Sutxida Shvetsiyada ishlab chiqarilgan JAS 39C Gripen ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotida ilk mustaqil pa…
09:37 / 10.10.2026

														
														Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda sintetik giyohvandlik moddalarini tarqatishda gumonlangan shaxs ushlandi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lumo…
09:35 / 10.10.2026

														
														Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida FAW rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘i…
09:33 / 10.10.2026

														
														Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Keti Zaxariyani Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinlaganini e’lon qildi. U avgust oyi oxi…
09:29 / 10.10.2026

														
														Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

O‘zbekistonda ilk bor 2027-yil 4–5-fevral kunlari “Tashkent Content Market” (TCM) xalqaro kontent bozori o‘tkaziladi. Tadbir…
09:22 / 10.10.2026

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish ha…
17:06 / 09.10.2026

														
														O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi, 319 ta …
15:43 / 09.10.2026

														
														“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar…
14:45 / 09.10.2026

Bu ham qiziq

AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

Pentagon ma’lum qilishicha, AQSh armiyasi 2009-yilda Fort-Xud harbiy bazasida 13 nafar harbiyni otib o‘ldirgan shaxsga nisba…
11:19 / 09.10.2026
Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov 30-oktyabr kuni Toshkentda ozarbayjonlik bokschi Seymur Isayev…
11:40 / 08.10.2026
“Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida Amina Mahmudova g‘olib bo‘ldi

“Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida Amina Mahmudova g‘olib bo‘ldi

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti 2-bosqich talabasi Amina Mahmudova Turkmanistonda o‘tkazilgan “Tatar…
12:43 / 09.10.2026
Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida FAW rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘i…
09:33 / 10.10.2026
Mirziyoyev Markaziy Osiyoda energetika, suv va texnologik hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi

Mirziyoyev Markaziy Osiyoda energetika, suv va texnologik hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida energetika…
16:37 / 08.10.2026
Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoyning Xenan provinsiyasida restoranlar tarmog‘i rahbari Ma Yanli yuqori natijalarga erishgan xodimlariga BMW rusumli avt…
15:49 / 10.10.2026
Toshkent viloyatida eskirgan va yaroqsiz avtotransport vositalariga tegishli davlat raqam belgilari topshirilmoqda

Toshkent viloyatida eskirgan va yaroqsiz avtotransport vositalariga tegishli davlat raqam belgilari topshirilmoqda

Foydalanish imkoniyati yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan avtomobillar davlat ro‘yxatidan chiqarilib, ularga tegishli davlat r…
09:26 / 09.10.2026
Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi She…
10:54 / 09.10.2026
Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026
O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi, 319 ta …
15:43 / 09.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!