Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” rasmiy bayonot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston” bekatidagi harakat tarkibi buzilib qolgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, metro vagonlarining to‘xtatilishiga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, joriy yilning 11-noyabr sanasi soat 08:48 da “O‘zbekiston” bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan harakat tarkibida texnik jihatdan nosozlik holati kuzatilgan. Shu boisda ham yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektropoyezd mashinisti tomonidan barcha yo‘lovchilar bekatga tushirilgan hamda yuzaga kelgan nosozlikni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida bu harakat tarkibi tekshiruv yo‘lagi tomon harakatlantirilgan. Shundan so‘ng, oradan 3 daqiqa vaqt o‘tib, ortdan kelgan harakat tarkibi bekatdagi yo‘lovchilarni olib manzillari tomon olib ketgan.
“Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda”, – deyiladi “Toshkent metropoliteni” xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!