$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Milliarder Ilon Maskning onasidan Top 8 tavsiya

11:14 / 24.10.2024

Bu ayolning ismi Mey Mask. U model va dietologdir. Mask xonim “Rejali ayol” kitobining muallifi.  Mey Mask farzandlari milliarder bo‘lib yetishishiga katta hissa qo‘shgan.

Har birimizning hayotimizda kerak bo‘ladigan quyidagi tavsiyalar bilan bo‘lishgan:

1.      Barcha muammoning yechimi topilishiga ishoning. “Sochimdagi birinchi oq tola karyeramni rivojlantirishga turtki beradi, deb kim ham o‘ylabdi? O‘n besh yoshimda menga o‘n sakkizga kirmasimdan karyeram tugaydi, deyishar edi. Hozir yetmish bir yoshimda esa har qachongidan ham mashhurman. Hayot menga barcha narsaning yechimi bor ekanligini o‘rgatdi. Maqsad sari intilishda rejalarni o‘zgartirish mumkin ekan. Ha, men buni avvalroq anglab yetmadim, lekin hali ham o‘rganish va bilim olishda davom etyapman”, deydi Mey xonim. Uning fikricha, barcha yirik kashfiyotlar yoshlikda va navqiron paytda qilinishi stereotipdir.

2. O‘zingizga sarmoya kiriting. “Ko‘pchilik go‘zal ko‘rinish uchun ko‘p pul kerak, deb hisoblaydi. Sizga uzoq yillar davomida moliyaviy qiyinchilikni boshidan o‘tkazgan odam sifatida aytaman: kiyim-kechak xarajatlarini yillik byudjetingizning bir qismi sifatida ko‘rib chiqing. Xuddi shu qoida sartarosh va stomatologga tashrif buyurish uchun ham amal qiladi. Avvaldan yillik byudjetni tuzish va unga rioya qilish moliyaviy savodxonlikning asosidir.

3. Eng yaxshisiga emas, o‘zingizga ma’qul narsaga intiling. O‘ta perfeksionistlar uchun tavsiya: “Aynan siz uchun kerakli va foydali bo‘lgan narsaga intiling va mutlaqo barcha ishda eng yaxshi bo‘lishga harakat qilmang”.

4. Qiziqishlar paydo bo‘lganda ikkilanmang. Rivojlanish bo‘yicha milliarderning onasidan yana bir tavsiya: “Men o‘zimni qiziqtirgan biror narsaga rozi bo‘lishdan oldin uzoq vaqt o‘ylab o‘tirmayman. Menda qiziqish uyg‘otadigan, zavqlantiradigan yoki moliyaviy ahvolimni yaxshilaydigan barcha ishga “ha” deyman”.

5. Munosabatlarda zo‘ravonlikka hech qachon toqat qilmang. “Agar omon qolishni istasangiz, sizga zo‘ravonlik qiladigan, yerga uradigan va doim xafa qiladigan odam bilan munosabatlardan voz kechishingiz kerakligini bilishingizni xohlayman. Nikohimda to‘qqiz yil zo‘ravonlikka chidadim. Ajrashganimdan keyin yelkamdan og‘ir yuk tushgandek bo‘ldi va nihoyat kelajakka umid bilan qaray boshladim”. Mey xonimning sobiq turmush o‘rtog‘i unga tajovuzkor munosabatda bo‘lgan, ammo Mask bu voqeani yengib o‘tishga hamda o‘zi va uch farzandining hayotini saqlab qolishga kuch topgan.

6. Agar o‘zgarishlarni istasangiz, reja tuzing. “O‘zingiz istagan har qanday o‘zgarishlarga yetishishdan avval barcha ishga rejali yondashing. Hatto kichik maqsad bo‘lsa ham sizga aniq va puxta reja kerak bo‘ladi”, deydi Mask.

7. Doimo band bo‘ling, shunda o‘tib borayotgan yoshingiz haqida qayg‘urishga vaqt topa olmaysiz. Yoshimizga qo‘shilgan yillarni yuk sifatida qabul qilmaslik uchun ajoyib misol: “Men yoshim haqida qayg‘urmayman, chunki qalbimga quvonch olib keladigan muhim ishlarim bilan bandman”. Demak, e’tiborimizni asosan muhim narsalarga qaratishimiz kerak.

8. O‘zingizni asrang. Hayot faqat yoshlikdagi faol davr bilan chegaralanib qolmaydi. Har qanday yoshda ham o‘zingizni har tomonlama rivojlantirish va sog‘liqni saqlashga e’tibor berish muhimdir. Mey shunday deydi: “Yosh o‘tgani sayin hayotingiz sekinlashishiga yoki rivojlanishdan to‘xtab qolishingizga yo‘l qo‘ymang. O‘zingizga iloji boricha g‘amxo‘rlik qilishni unutmang: yaxshi ovqatlaning, ko‘proq tabassum qiling va o‘zingizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirmang”.


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni hal qiliş va uruşni yakunlaş uçun Rossiya yoki Xitoydan yordam söraş niyatid…
16:58 / 19.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!