$
11918.98 UZS
57.02
₽
148.04 UZS
0.91
€
13283.70 UZS
5.42
31° Kechasi 18°

Mirziyoyev o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan boykot bekor qilingani haqida gapirdi

16:42 / 11.03.2022

“Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi o‘zbek paxtasiga nisbatan boykot bekor bo‘lganini e’lon qilgandi. Prezident ushbu qarorni “juda katta imkoniyat, yangi bozorlar” deb baholadi.

Shavkat Mirziyoyev mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlarni sanab, “So‘nggi besh yilda qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarimiz samarasini berib, ‘Cotton Campaign’ kuni-kecha O‘zbekistonni ‘qora ro‘yxati’dan chiqardi.

Bu ham biz uchun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani. Buning hisobiga iste’mol mahsulotlarining xomashyosini olib kelib, ularni qayta ishlash orqali qo‘shimcha 1,5 milliard dollarlik mahsulotni bemalol eksport qilsa bo‘ladi”, – deydi Prezident. 

Shu bois xom ashyoni olib kelib, tayyor mahsulot chiqargan va uni chetga sotadigan (bojxona hududida qayta ishlovchi) korxonalarga apreldan boshlab:

- eksportchilar uchun berilayotgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi;
- loyihalari doirasida texnik-iqtisodiy asos, mahsulot sertifikati, bojxona to‘lovlari ta’minoti talab etilmaydi;
- ruxsatnoma berish muddati 3 barobar qisqaradi, 1 yil davomida ishlab kelayotganlariga ruxsatnoma har bir kontraktiga emas, balki korxona faoliyatiga beriladi;
- olib kelgan dastgohlari uchun bojxona bojlari undirilmaydi.

Bu ishlar mavjud 22 ta erkin iqtisodiy zona hududlarida tashkil etiladi. Misol uchun, Urgut erkin iqtisodiy zonasida 440 gektar, Angrenda 430 gektar, Navoiyda 240 gektar, Qo‘qonda 190 gektar, Chustda 120 gektar bo‘sh maydonlar mavjud.

Viloyat hokimlariga ushbu tayyor infratuzilmadan samarali foydalanib, yangi loyihalarni sanoat zonalariga joylashtirish topshirildi. Jumladan:

- Urgutda oziq-ovqat va elektrotexnika mahsulotlari;
- Chustda tayyor kiyim;
- Navoiy va Qo‘qonda maishiy elektrotexnika;
- Bo‘stonliqda farmasevtika, Angren va Chirchiqda maishiy va sanoat kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish zarur.

Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga ikki hafta muddatda yangi eksport bozorlariga chiqayotgan korxonalarga ajratilayotgan subsidiyalarni ko‘paytirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

 


Bu ham qiziq

Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyaning Barselona şahri yaqinida avtobusning taxminan 20 metr çuqurlikdagi jarlikka qulaşi oqibatida 83 kişi jarohatlan…
10:26 / 27.10.2026
Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida 24-oktyabr kuni xonadon yonğinida halok bölgan ayolning ölimi yuzasidan qasddan odam öldir…
10:00 / 27.10.2026
Prezident kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhimligini ta’kidladi

Prezident kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhimligini ta’kidladi

Prezident milliy kino san’ati orqali Özbekiston tarixi, madaniyati va milliy qahramonlarini xalqaro miqyosda keng tarğib eti…
17:33 / 26.10.2026
Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir parlamenti Nigerga harbiy xizmatchilar yuborish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Bu mamlakatning 1973-yildan beri il…
11:01 / 26.10.2026
28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:52 / 27.10.2026
“Özbekfilm” hududida kino şaharçasi taşkil etiladi

“Özbekfilm” hududida kino şaharçasi taşkil etiladi

“Özbekfilm” kinostudiyasining 10 gektarlik hududida kino xizmatlarini birlaştiruvçi “Özbekfilm kino şaharçasi” taşkil etilad…
17:58 / 26.10.2026
“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi Elit Osiyo çempionlar ligasining 3-turi doirasida Iroqning “Eyr Fors” …
08:35 / 27.10.2026
Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyotni raqamlaştiriş işlari xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olayotganini ma’l…
11:39 / 27.10.2026
Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina 2026-yil 27-oktyabr kuni Xerson viloyatining Rossiya qöşinlari nazoratidagi Oleşki şahrida gumanitar oper…
09:57 / 27.10.2026
Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev birlamçi tibbiy yordam sifatini oşirişga qaratilgan yangi tizim kelasi yildan yana 100 ta tumand…
11:55 / 27.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!