O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Misrning eng yirik farmatsevtika kompaniyasi “ACDIMA” direktorlar kengashi raisi Olfat Gorab bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar O‘zbekiston elchixonasi tomonidan O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish, shuningdek, 22-24-dekabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak majlisiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkil etildi.
Olfat Gorab Qo‘shma hukumatlararo komissiya majlisida ishtirok etish uchun respublikaga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ta’kidladi. O‘z kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyati strategiyasini muhokama qilar ekan, u farmatsevtika sanoatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni va mintaqadagi yirik bozorlarga mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
O‘z navbatida Azizov O‘zbekiston farmatsevtika sohasini rivojlantirishdan manfaatdor xorijiy investorlar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!