Andijonda er-xotin ko‘mir yoqilg‘isidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanish alomatlari sabab vafot etdi. Bu haqda Asaka tumani hokimligi matbuot xizmati ma’lum qilgan.
2024-yil 7-dekabr kuni soat 09:20 lar atrofida Asaka tumani, “Uchtosh” MFY, Uchtosh ko‘chasi 17-uyda yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. va uning 1986-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i M.A.larning jasadi yashash xonadonidan topilgan. Ushbu baxtsiz hodisaga qo‘l bola usulda yasalgan isitish pechiga solingan ko‘mir yoqilg‘isidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda ushbu hodisa joyi tergov-tezkor guruhi a’zolari tomonidan ko‘zdan kechirilib, fuqarolarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!