Afg‘onistonning “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) va “Mintaqaviy elektr tarmoqlari” AJ Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Bu Afg‘oniston tashqi ishlar va moliya vazirliklari vakillari hamrohligidagi “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) bosh direktori doktor Abdul Bari Umar boshchiligidagi delegatsiyaning Mintaqaviy elektr tarmoqlari kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashuvi yakunida ma’lum bo‘ldi.
“Kelishuv ikki davlat o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va Afg‘onistonga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlashga qaratilgan”, — deyiladi kompaniya bayonotida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!