$
12190.57 UZS
18.39
157.48 UZS
0.03
14303.20 UZS
-53.89
31° Kechasi 18°

Farmatsevtika sohasida 1 milliard dollarlik loyihalar shakllantirilishi belgilandi

21:42 / 18.12.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-dekabr kuni “Tashkent Pharma Park” innovatsion klasterida farmatsevtika sohasidagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qildi.

Ham iqtisodiy, ham ijtimoiy ahamiyatga ega bu sohaga davlat tomonidan keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Oxirgi yetti yilda farmatsevtikada ishlab chiqarish 2 karra oshgan. Eksport 11 barobar ko‘paygan. 750 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, korxonalar soni 3 barobar o‘sgan.

Yurtimizda 3,5 ming turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilayapti. Lekin bu talabni to‘la qoplamaydi.

Shu bois davlatimiz rahbari ko‘p turdagi dorilarni mahalliylashtirish va eksportni kengaytirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Asaka bank va Farmatsevtika agentliga yirik mahalliy korxonalar bilan birga 2025-yilda keng iste’mol qilinadigan 200 turdagi dori vositalarini o‘zlashtirish hamda ishlab chiqarishni 2 barobar oshirish bo‘yicha dastur tayyorlash topshirildi. Bunday loyihalarga xorijdan jalb qilingan 400 million dollar qulay shartlarda yo‘naltiriladi.

Endi farmatsevtika tarmog‘ida Ilg‘or loyihalar investitsiya jamg‘armasi tashkil qilinadi. Bu jamg‘arma biofarmatsevtika, hujayra texnologiyalari, onkologiya kabi yo‘nalishlardagi loyihalarga ulush bilan kiradi, ularga katalizator bo‘ladi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan Asakabankka sohani rivojlantirish uchun 100 million dollar kredit liniyasi ochilgan. Endi bu malag‘ lizing uchun ham beriladi.

Asaka bank tomonidan farmatsevtika sohasida yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni moliyalashtirish uchun 10 million dollarlik venchur kompaniya ochiladi. Startap loyiha chetdan qancha mablag‘ jalb qilsa, mazkur kompaniya shuncha pulni qo‘shimcha ekspertizasiz beradi.

Yangi ishlanmalar uchun Innovatsiya jamg‘armasidan 20 milliard so‘m grant ajratiladi. Bu olimlar yaratayotgan yangi mahalliy dori ishlanmalarini tijorat loyihasiga aylantirish va startaplar uchun yo‘naltiriladi.

Mahalliy farmatsevtika korxonalariga 2025-yil 1-yanvargacha berilgan bojxona imtiyozlari muddati yana 3-yilga uzaytiriladi.

Mamlakatimiz korxonalari yetakchi xorijiy farmatsevtika kompaniyalari texnologiyasi va retsepti asosida dorilar chiqarishga tayyor. Lekin bunday kooperatsiya uchun huquqiy asos yaratilmagani sababli har bir dorini yangi mahsulot kabi klinik tadqiqot va ro‘yxatdan o‘tkazishga to‘g‘ri kelayapti. Bunga ko‘p vaqt ketadi. Shu bois bu tartibni soddalashtirish muhimligi aytildi.

Tadbirkorlarning eksport bozorlarini kengaytirish uchun AQSHning Oziq-ovqat va dori vositalari sifati nazorati boshqarmasi (FDA) hamda Yevropa tibbiyot agentligi sertifikatlarini olish xarajatlari byudjetdan qoplab beriladi.

Yurtimizda o‘simliklarni sanoat usulida yetishtirib, qayta ishlash orqali substansiya va kosmetik komponent olish rivojlanayapti. Shunga muvofiq, Asaka bank ishtirokida kelgusi yilda har biri 5 gektardan bo‘lgan dorivor o‘simliklar plantatsiyasi barpo etilib, ularni qayta ishlash bo‘yicha 5 ta namunaviy loyiha bajariladi.

Umuman, farmatsevtikada 1 milliard dollarlik loyihalar shakllantirilishi belgilandi. Ular talab yuqori dori vositalarini chet elnikidek sifatda ishlab chiqarib, bozorda raqobat yaratib, narxlarni arzonlashtirishga qaratilgan.

Muloqotda soha vakillari ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahsulotlar sifati va eksportini oshirish, ilm va ta’limni rag‘batlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.


O‘zbekiston


														
														Yangi O‘zbekiston sport va ochiqlik orqali dunyo bilan integratsiyalashyapti

Yangi O‘zbekiston sport va ochiqlik orqali dunyo bilan integratsiyalashyapti

“Birinchi marotaba 15 ming nafarlik ishtirokchilar bilan chiqmoqdamiz. Toshkent mezbonligida o‘tayotgan mazkur marafon keyin…
16:55 / 02.03.2026

														
														3-mart uchun ob-havo ma’lumoti

3-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
16:32 / 02.03.2026

														
														Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gazga bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirildi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gazga bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 15-martga q…
15:11 / 02.03.2026

														
														O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“Ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi”, – deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
13:35 / 02.03.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda ichimlik suvi ta’minotini rivojlantirishga 2,2 trln so‘m yo‘naltiriladi

Qoraqalpog‘istonda ichimlik suvi ta’minotini rivojlantirishga 2,2 trln so‘m yo‘naltiriladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi aholi punktlarining markazlashgan ichimlik suv ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantiri…
13:21 / 02.03.2026

														
														Toshkent viloyatida prokuratura xodimi 9 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida prokuratura xodimi 9 ming dollar pora bilan ushlandi

Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-mod…
12:21 / 02.03.2026

														
														O‘zbekistonliklarga xorijga chiqmaslik tavsiya qilindi

O‘zbekistonliklarga xorijga chiqmaslik tavsiya qilindi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Yaqin Sharq yo‘nalishida rejalashtirilgan ziyorat, tijorat, dam olish hamda …
11:05 / 02.03.2026

														
														Toshkentda 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Toshkentda 33,4 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

oshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan shaxs va uning 1999-yilda tug‘ilgan samarqandlik tani…
09:22 / 02.03.2026

														
														1-martdan gaz narxlari oshirilmadi — Energetika vazirligi

1-martdan gaz narxlari oshirilmadi — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi O‘zbekistonda 1-martdan gaz narxi oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
16:57 / 01.03.2026

														
														Toshkentga qaytayotgan 48 nafar o‘zbekistonlik Doha aeroportida qolib ketgan

Toshkentga qaytayotgan 48 nafar o‘zbekistonlik Doha aeroportida qolib ketgan

Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealar munosabati bilan Qatarda bo‘lib turgan 600 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi orasida jabrlangan…
16:28 / 01.03.2026

Bu ham qiziq

Surxondaryoda o‘qituvchilardan pul yig‘ishni buyurgan hokim o‘rinbosari ishdan olindi

Surxondaryoda o‘qituvchilardan pul yig‘ishni buyurgan hokim o‘rinbosari ishdan olindi

Ramazon ehsoni bahonasida o‘qituvchilardan pul yig‘ish topshirig‘ini bergan Jarqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari Anvar Raja…
12:29 / 01.03.2026
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gazga bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirildi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gazga bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 15-martga q…
15:11 / 02.03.2026
Maqtanchoq bloger 10 sutkaga qamaldi

Maqtanchoq bloger 10 sutkaga qamaldi

Sud qaroriga ko‘ra, “maqtanchoq bloger” 10 sutka ma’muriy javobgarlikka tortilib, tarbiyalanishi uchun ma’muriy qamoq jazosi…
17:11 / 28.02.2026
Yangi O‘zbekiston sport va ochiqlik orqali dunyo bilan integratsiyalashyapti

Yangi O‘zbekiston sport va ochiqlik orqali dunyo bilan integratsiyalashyapti

“Birinchi marotaba 15 ming nafarlik ishtirokchilar bilan chiqmoqdamiz. Toshkent mezbonligida o‘tayotgan mazkur marafon keyin…
16:55 / 02.03.2026
Toshkent viloyatida prokuratura xodimi 9 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida prokuratura xodimi 9 ming dollar pora bilan ushlandi

Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-mod…
12:21 / 02.03.2026
Isroil sobiq bosh vaziri Erdo‘g‘anni “ayyor raqib” deb atadi

Isroil sobiq bosh vaziri Erdo‘g‘anni “ayyor raqib” deb atadi

Isroilning sobiq bosh vaziri Naftali Bennet Turkiyaga nisbatan choralar ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda i24news xabar bermoqda.
15:29 / 02.03.2026
Toshkentga qaytayotgan 48 nafar o‘zbekistonlik Doha aeroportida qolib ketgan

Toshkentga qaytayotgan 48 nafar o‘zbekistonlik Doha aeroportida qolib ketgan

Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealar munosabati bilan Qatarda bo‘lib turgan 600 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi orasida jabrlangan…
16:28 / 01.03.2026
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ikkinchi bor ogohlantirdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ikkinchi bor ogohlantirdi

Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik sababli Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan Frontorti buyrug‘iga qat’iy amal qilish so…
14:40 / 28.02.2026
O‘zbekiston bokschilari “Stranja” turniri finaliga 11 nafar sportchi bilan yo‘l oldi

O‘zbekiston bokschilari “Stranja” turniri finaliga 11 nafar sportchi bilan yo‘l oldi

Bolgariyaning Sofiya shahrida davom etayotgan “Stranja” turnirida yarim final janglari bo‘lib o‘tdi.
12:14 / 01.03.2026
Finalissima Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab o‘tkazilmasligi mumkin

Finalissima Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab o‘tkazilmasligi mumkin

“Qatar futbol assotsiatsiyasi bugundan boshlab barcha turnirlar, musobaqalar va o‘yinlar keyingi noma’lum muddatga qoldirilg…
14:19 / 02.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!